Minerallarning kimyoviy tarkibi Reja: Minerallar haqida tushuncha


Minerallarning kimyoviy tartibiga koʼra solishtirma ogʼirligi



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#166092
1   2   3
Minerallarning kimyoviy tarkibi.

Minerallarning kimyoviy tartibiga koʼra solishtirma ogʼirligi.
Izomorf qatoridagi kimyoviy elementlar katta atom ogʼirligiga ega boʼlsa, u holda solishtirma ogʼirligi ham ortadi, katta ion radiusida esa aksincha. Masalan, alьbitNa(AlSi3O8) -anortit Ca(Al2Si2O8). Solishtirma ogʼirlik 2,61 dan 2,75 gacha oʼzgaradi, yaʼni kalьtsiy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi boʼyicha. Volьframatlar guruhida esa solishtirma ogʼirlik gyubneritdan MnWO4 (7,25) ferberitgacha FeWO4 (7,60) oʼzgaradi. Olivin guruhidagi minerallarda ham xuddi shunday, forsteritdan Mg2(SiO4) (3,21) fayalitgacha Fe2(SiO4) (4,14) ortib boradi.
Minerallarning solishtirma ogʼirligi (zichligi) suyuqlikning solishtirma ogʼirligiga (ogʼir suyuqliklar: bromoform CHBr3, sol. ogʼ.– 2,88; tetrabrometan eritmasi C2H2Br4 -2,95; Tule suyuqligi – suvli KJ va HgJ eritmasi - 3,19; Klerichi suyuqligi – talliyning malonli va chumoli kislotali eritmasi – 4,2) nisbatan aniqlanadi.
Solishtirma ogʼirlikka minerallarning ichki tuzilishi va kimyoviy variatsiyasi taʼsir etadi, shuning uchun ham ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqorida qayd qilingan usullardan biri qoʼllaniladi.
Solishtirma ogʼirlikni aniqlashda eng qulay hamda tarqalgan usul tarozida aniqlash usulidir.
Hajm oʼlchov usuli har xil tuzilgan gazli yoki suyuqlikli hajm oʼlchagichli (volyumometr) aniqlagichlarga asoslangan.
Rentgen usuli esa olingan natijani formula D=(n M)/(N V) orqali aniqlashga asoslangan, bunda D– modda zichligining bogʼlovchisi, M–uning molekulyar ogʼirligi, V– elementar yacheyka hajmi va n– yacheykaga kirgan molekula soni, N–Аvagadro soni (6,0238.1023).
Elementar yacheyka hajmi uning oʼzgarmas soni asosida hisoblanadi. Hisoblangan va aniqlangan solishtirma ogʼirlik orasida farq boʼlsa, u mineral ichki tuzilishidagi oʼzgarishga bogʼliq boʼladi.
Minerallarning solishtirma ogʼirligini gidrostatik usul bilan aniqlashga asoslangan. Ogʼirlikning hajmga nisbati (siqib chiqargan suv hajmi) mineralning solishtirma ogʼirligini ifodalaydi (gr/sm3).

Аniqlash usuli:
1. Bir boʼlak mineralning ogʼirligini aniqlaymiz va uni R1 bilan belgilaymiz (oʼrganilayotgan mineral boʼlagini taroziga shunday joylashtirish kerakki, keyingi bosqichda, yaʼni uning suvdagi ogʼirligini aniqlashda qulay boʼlsin).

Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin