Xrizokolla-CuSiO3nH2O.
Tarkibi o`zgaruvchan, singoniyasi aniq emas, ko`pincha tiniq kolloiddan iborat. Sirti oqiq, tuproqsimon uyumlar hosil qiladi. U havorang, ayrimda yashil, ko`k, qo`ng`ir qattiqligi 2, mo`rt, notekis yuzalar bo`yicha sinadi. Uning solishtirma og`irligi 2, tarkibidagi suv 100oC yuqori darajada qizdirilganda ajraladi. U mis konlarining oksidlanish zonalarida yuzaga keladi, quruq issiq iqlimli joylarda keng tarqalgan. Xrizokollaning malaxit, azurit kalsit va boshqa minerallar o`rnida psevdomorfozalari uchraydi.
Evdialit- (Na,Ca)6ZrSi6O18 (OH, CI).
Tarkibi (% hisobida): Na2O 11-17,3, CuO-9-11,3, ZrO2-12-15, [Ce,La,Y]2O3-3 gacha, SiO2-47-52, H2O-1-3, CI-1,5 gacha. Trigonal singoniyali, kristall qiyofasi yo`g`on ustunsimon, plastinkasimon, ayrimda prizmatik.
Evdialitning rangi pushti, qizg`ish-qo`ng`ir, yaltirashi shishadek, qattiqligi 5-5,5 mo`rt ulanish tekisligi (0001) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 2,8-2,9. uni rangi har xil tusli, pushti yoki qizil (malinaga o`xshash) bo`lishi xarakterli. U faqat ishqorli intruziv jinslar (nefelinli sienit) va ular pegmatitlarida nefelin, dala shpatlari, egirinlar bilan birga uchraydi. Odatda evdialit luyavritlarda tirik uyumlarini hosil qiladi, bu esa tsirkoniy olishda asosiy manbaa hisoblanadi.
Turmalin-(Na,Ca)(MgAI)6[B3AI3Si6](O,OH).
Tarkibi o`zgaruvchan-SiO2-30-44%, B2O3-8-12%, Al2O3-18-41%, FeO Fe2O3-38%, MgO-25%, gacha, Na2O-6% gacha, CaO-4% gacha va H2O-4% gacha. Turmalinning magnitga boy xili dravit, temirga boyini sherl, liitiyli xili-elvanit deyiladi. Uning singoniyasi trigonal, simmetriya ko`rinishi ditrigonal-piramidal. Agregatlari nayzasimon, radial shu`la kabi joylashgan, chalkashib yotgan ignachalar yoki tola-tola holida uchraydi. Uning rangi kimyoviy rangiga bog`liq. Odatda yashil, pushti, qizil va qora ranglarda bo`ladi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi 7-7,5 «S» o`qi bo`yicha cho`zinchoq, notekis yuzalar hosil qilib sinadi, solishtirma og`irligi 2,9-3,3. turmalin pegmatitlarda pnevmo-gidrotermal jarayonlarda, ba`zan kristallik slaneslarda, gneyslarda paydo bo`ladi. U ko`pincha kvars, topaz minerallar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi. Turmalinning shaffof, rangi tiniq-chiroyli xillari zargarlikda bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.