Eng muhim minerallarning asosiy metallari (elementlari) bo`yicha ro`yxati Quyida takibida ko`proq miqdorda sanoat uchun muhim ahamiyatli biron metall (yoki masalan boratlardan bor kislotasi olingani kabi rudalarni qayta ishlab olinadigan birikmalar) ishtirok etuvchi ba`zi bir minerallar guruhiining ro`yxati beriladi.
Bu minerallar qatoriga ayrim ikkinchi darajali deb hisoblangan o`zicha ahamiyatga ega bo`lmagan, lekin asosiy minerallar bilan birga topilib, texnologik qayta ishlash jarayonida asosiy metall yoki birikmalar olish uchun qo`shimcha manba bo`lib xizmat qila oladigan tabiiy birikmalar ham qo`shilgan.
Har qaysi guruhdagi minerallar kimyoviy tipiga qarab, shu darslikda qabul qilingan tasnif bilan yoziladi (sof tug`ma elementlardan boshlanadi va silikatlar bilan tamomlanadi).