Mineralogiya


Regional metamorfizm va uning bilan bog`liq bo`lgan mineral



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə76/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Mineralogiya

Regional metamorfizm va uning bilan bog`liq bo`lgan mineral hosil qiluvchi jarayonlar
Endogen singari ekzogen jinslarning ham juda katta o`zgarishi regional metamorfizm deb ataluvchi jarayonlarda yer qobig`ining yuqori qismlari tektonik harakatlar natijasida chuqurlikka tushib qolgan paytlarda, ya`ni juda yuqori harorat va bosim sharoitlarida yoki tog` hosil qiluvchi qudratli jarayonlar namoyon bo`lgan sharoitlarda boshlanadi.
Bunday sharoitlarda tog` jinslari bilan rudalarning kimyoviy va mineral tarkibi, shuningdek xususiyatlari bilan tashqi qiyofasi ham ko`p o`zgaradi. Ekzogen sharoitlarda yuzaga kelgan suvga boy birikmalar suvsiz yoki kam suvli birikmalarga aylanib qoladi (masalan, opal-kvarsga, limonit-gematit yoki magnetitga aylanadi va h.k). Shu bilan bir paytda moddalarning qayta kristallanishi yuz beradi (masalan, organogen ohaktosh avvalgi struktura xossalarini yo`qotib marmarga aylanadi). Ko`pgina jinslarda jumladan magmatik jinslarda komponentlarning yangi minerallar hosil qilib, to`liq qayta gruppalanishi yuz beradi. Gips, sof tug`ma oltingugurt, oshtuzi va shu kabilar ba`zi bir minerallar metamorfik jins qatlamlarida mutlaqo uchramaydi. Kimyoviy reaksiyalar yuqori bosim va haroratlar ta`sirida hajmi kichik va solishtirma og`irligi ortiqroq bo`lgan minerallar hosil qilish tomonga qarab intiladi. Minerallar paragenezisi metamorflanuvchi jinslar tarkibi bilangina emas, balki ko`p jihatdan metamorfizm sodir bo`layotgan chuqurlik ya`ni termodinamik sharoitlar bilan ham bog`liq bo`ladi.
Jinslarning o`zi kuchli dinamik ta`sir ostida yassi parchalarga va plitkalarga ajralish qobiliyatiga ega bo`lgan slaneslarga aylanadi (gil slaneslar, aspid slaneclar, slyudali slaneslar, gneyslar va boshqlar). Agar yupqa qatlamli cho`kindi jinslar metamorfizm ta`siriga berilsa, shu bilan birga bosimning yo`nalishi qatlamlar bilan mos yoki shunga yaqin kelsa, u holda qatlamlar egilib, juda mayda burmachalar hosil bo`ladi.
Mineral moddalarning qayta guruh-lanishida H2O, CO2 kabi komponentlar bilan boshqa mineralizatorlar shubhasiz rolь o`ynaydi va ularning yordamida faqat moddalarning qayta kristallanishigina emas, balki metasomatoz hodisasi, hattoki mineral moddalarning qayta yotqizilishi ham sodir bo`ladi. Bunda yo magmatik jinslar, yoki metamorfizmga beriladigan o`sha jinslarning o`zi H2O va CO2 manbayi bo`ladi. Ba`zi jinslardan, ayniqsa, cho`kindi jinslardan ular massasining qayta kristallanib suvsiz minerallar agregatiga aylanishi jarayonida juda ko`p miqdorda suv bilan qisman karbonat kislota ajralib chiqadi. Yuqori harorat va bosim sharoitlarida shu metamorfik suv genezisi jihatidan magmatik intruzivlar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan tipik gidrotermallarning hamma xususiyatlariga, ya`ni minerallarni ortiqcha eritish qobiliyatiga, darzliklar bo`ylab, yoki metasomatoz yo`li bilan siljitish va yotqizish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Biroq bu metamorflanuvchi jinslarning magmatik suv bug`lari bilan ayniqsa nordon magmatik jinslarning katta-katta intruzivlari ko`tarilgan rayonlarda singdirilishi mumkinligi ham inkor etilmaydi.
Metamorflashgan qatlamlarda uchraydigan foydali qazilma konlari genetik belgilariga muvofiq birmuncha xilma-xil bo`lgan quyidagi turlarga ajratiladi: a) metamorflashgan konlar, ya`ni metamorfizmga qadar mavjud bo`lgan konlar (masalan, temir va marganec cho`kindi konlari) va b) faqat metamorfizm jarayonidagina vujudga kelgan metamorfik konlar.
Organik qoldiqlari hisobiga metamorfik qatlamlarda hosil bo`lgan grafit shu keyingi turdagi konlar uchun misol bo`la oladi. Yashirin kristallangan va o`simlik izlari saqlanib qolgan grafitning toshko`mir qatlamlari hisobiga paydo bo`lgan hollari ham bo`lganligi ma`lumdir. (Uralning sharqiy yon bag`irlaridagi metamorfik qatlamlarda). Bunday paytlarda grafit yangidan hosil bo`lgan jins sifatida bo`lib, endi u avvalgi xususiyatlari tubdan o`zgarib ketganligi va yengil-uchuvchan moddalarini yo`qolganligi natijasida yonuvchi foydali qazilma bo`lib qola olmaydi.
Mineralogik jihatdan ahamiyatga ega bo`lgan «alp tipidagi tomirlar» deb aytiladigan tomirlar ham huddi shu tipga mansubdir (nomi birinchi topilgan joyiga qarab berilgan). Shu tomirlarda hilma-hil minerallarning juda ko`rkam kristallari druzalari topilganligidan, mineraloglarning e`tiborini qadimdan o`ziga jalb etib kelmoqda.
Shu tomirlar metamorfik qatlamlarda jinslarning qatlamlanish tekisligiga ko`ndalang ravishda yuzaga kelgan yoriq bo`shliqlari bilan bog`liq bo`ladi. Shunday tomirlar tarkibining eng xarakterli xossasi shuki, bularda metamorfizm jarayonida atrofidagi jinslarda yuzaga kelgan o`sha minerallarning o`zi taxminan o`shanday nisbatlarda kristallanadi. Faqat tarkibida Ti, P, Ci,B va boshqa elementlar ishtirok etuvchi yengil eruvchan minerallar darzlarda jinslar orasida kam uchraydigan yon jinslardagiga qaraganda birmuncha ko`proq miqdorda topiladi. Shunisi xarakterliki, bu jarayonlarda magmatik suvlarning ishtirok etishi mumkin ekanligi inkor etilmasa ham, ularning genezisi jihatidan nordon magma intruziyasi gidrotermal faoliyati bilan bog`liq ekanligini ko`rsata oladigan kimyoviy elementlar va minerallar (masalan, oltin, kumush, qo`rg`oshin, rux, qalay, volfram va boshqa elementlar minerallari) odatda bunday tomirlar uchramaydi.
Metamorfik jinslardagi ingichka darzlar mineral moddalar bilan butunligicha to`ldiriladi. Masalan, kulrang marmarlardagi oq rangli kalsit tomirchalari, qizil yashmalardagi sutdek-oq rangli kvars tomirchalari va h.k. Shu bilan birga shu tomirchalardagi kristall donalari atrof jinslardagiga qaraganda doimo yirikroq bo`ladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin