Minerallarning solishtirma og`irligini piknometr usulida aniqlash.Bu usul keng tarqalgan, ammo mashaqqatli hisoblanadi. Piknometr ma`lum hajmga ega bo`lgan shisha kolbacha bo`lib, har xil ko`rinishda bo`ladi.
Ishni bajarish tartibi:
1.Piknometrning og`irligi po`kak tiqin bilan uch marotaba tarozida o`lchanadi va ularning o`rtacha natijasi olinib, piknometrning o`zgarmas og`irligi (P) deb yoziladi. Har gal o`lchov oldidan piknometr yuvilib quritiladi.
2. Piknometrning hajmini o`lchash uchun ma`lum belgiga qadar moddalardan tozalangan (distillangan) suv to`ldiriladi. Suv solingan piknometrni eksikatorga joylashtiriladi, uning ichidagi havosini so`rib olish (Komovskiyning maxsus nasos qurilmasi bilan) uchun yoki piknometrni suvli stakanga solib qaynatiladi. Ortiqcha suv po`kak tiqin tirqishidan chiqariladi. Keyingi piknometrni sovutib, belgiga qadar yetmagan suv solinadi va piknometrni uch marotaba tortiladi. Shuning natijasida piknometrning o`zgarmas hajmi (Pc-P) chiqadi.
1. Mineral namunasini tekshirish uchun tayyorlash. Buning uchun aniqlanadigan mineral namunasi hovonchada maydalanib, ma`lum o`lchamga keltirilib, mikroskop (binokulyar) ostida kerakli mineral turi ajratib olinadi va uni spirt bilan yuviladi, quritiladi. Mineralning miqdori va zarrachalar o`lchami piknometr hajmiga va tirqish diametriga bog`liq.
2. O`lchangan quruq piknometrga mineral namunasini solamiz (taxminan piknometr hajmining 1/3 yoki 1/4 qismicha) va tarozida og`irligini o`lchaymiz (PH) .
3. Piknometrga ozgina tozalangan suv solinadi (piknometr hajmining yarmiga qadar va nasosli eksikatorga joylashtiriladi yoki suvli stakanga qaynatish uchun solinadi. Eksikatordan havo so`rib olinadi. Qaynatish tugagandan so`ng eksikator bilan havo to`ldiriladi va sovutiladi. Shu yo`l bilan mineral namunasining mikroyoriqlariga suv to`ladi. Keyin esa belgiga qadar piknometrga suv solinadi va uch marotaba o`lchanadi.
O`lchov natijalarini
Ph – P (Pc - P) – (Phc - P)
formulaga qo`yib, mineral namunaning solishtirma og`irligi aniqlanadi. Bu yerda P- bo`sh piknometr og`irligi, PH -mineral namunasi, PC - suv bilan piknometr og`irligi.
Ko`pgina minerallar suvda eruvchanlik xususiyatiga ega (sulfatlar, galoidlar, nitratlar va boshqalar). Bu holda suv o`rniga o`zga suyuqliklar (spirt, brombenzol va h. k.) dan foydalanish kerak.
Ish davomida har bir o`lchamni va qilinayotgan ishlarni yozib borish kerak, chunki amaliy natija nazariy natijadan farq qilgudek bo`lsa, u holda bajarilgan ishdagi kamchiliklarni tuzatish zarur bo`ladi.
Olingan natijaning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha marotaba yuqorida qayd qilingan ishni takrorlash zarur yoki bir necha marta piknometrda shu mineral namunasini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Bajarilgan ishlar hisobining o`rtacha qiymati aniq solishtirma og`irlik bo`ladi.
Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza.