Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə9/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Mineralogiya

Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).

Magnitlik xususiyati (1-rasm)- mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi.


1-rasm. Magnitlik xususiyati

Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar.



1.2. MINERALLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Minerallarning tarkibini kimyoviy usul bilan aniqlangandan so`ng, uning formulasini hisoblab chiqish kerak bo`ladi. Buni ilmenit minerali misolida ko`rib chiqamiz. Ilmenitning kimyoviy analiz natijasini oladigan bo`lsak, u holda izomorf magniy, marganes aralashmalar borligini ko`ramiz. Ilьmenitning asl formulasi esa – FeTiO3 Kimyoviy analiz natijasida esa - (Fe, Mn, Mg) TiO3 ko`rinish kelib chiqadi. Ushbu formuladagi temir, marganes, magniy va titan atomlarining xaqiqiy koeffitsientlarini hisoblab chiqish talab qilinadi. Hisoblash tartibi quyidagicha bajariladi (16-jadval);
1. Hamma komponentlarni bir ustunga yoziladi.
2. Ikkinchi ustunga har bir komponentning % miqdori yoziladi TiO2 uchun - 53,80).
3. Uchinchi ustunga har bir komponentning molekular massasi yoziladi (TiO2 uchun - 79,00).
Molekular massasini aniqlash uchun Mendeleyev davriy jadvalidan titan topiladi va uning atom og`irligini olamiz - 47,88. Xuddi shu tariqa kislorodni jadvaldan topiladi- 15,9994. Formulada kislorod ikkita bo`lgani uchun uning atom og`irligi ikkiga kupaytiriladi. Natijada: Ti=47, 88; 0=2 x 15,9994=79,8788 ≈ 79,90 ga teng bo`ladi.
4. To`rtinchi ustunga har bir komponentning molekular miqdori yoziladi. Molekular miqdor kimyoviy tahlil natijasining molekular massasiga nisbatidir.
TiO2 uchun - 53,80:79,90=0,6733.
5. Kationning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekular oksid miqdorini formuladagi kation soniga ko`paytiramiz, TiO2 uchun 0,6733x1=0,6733.
6. Kislorodning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekular oksid miqdorini formuladagi atom kislorod soniga ko`paytiramiz (TiO2 da kislorod miqdori 0,6733x2=1,3466). Bu ustunga yozilgan barcha kislorodlar atom miqdorining yig`indisini hisoblash kerak:
1,3466+0,0675+0,5386+0,672=2,0199
Bizda nazariy ilmenit Fe TiO3 da kislorod miqdori 3,00 ga teng. Topilgan yig`indining mana shu kislorod miqdoriga nisbati
2,0199:3,00=0,6733
Bu miqdor umumiy bo`luvchi deyiladi.
7. Mineral formulasidagi atomlar koeffitsientlarinng miqdori aniqlanadi, buning uchun beshinchi ustundagi kationlar miqdorini umumiy bo`luvchiga bo`lib, har bir kimyoviy modda uchun alohida-alohida yoziladi. Ti uchun
0,6733: 0,6733=1,00
8. Arifmetik hisob-kitoblarning to`g`riligini zaryadlar miqdori orqali aniqlaymiz. Musbat zaryad sonining yig`indisi manfiy zaryad sonining yig`indisi bilan teng bo`lishi shart.
Bizdagi ilmenit mineralida uch kislorod atomi oltita manfiy zaryadga ega. Demak,
O=Ti+Mn+Mg+Fe
6=5,996
9. Hisoblab chiqilgan formula quyidagicha yoziladi:
(Fe 0.80 Mh0,10 Mg 0.10)1,00 Ti100 O3,00


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin