Oltingugurt - S. Ko`pincha toza holda bo`ladi, ammo ba`zan- gil, yoki organik moddalar, neft tomchilari, gaz va boshqalar bilan mexanik aralashma holda bo`ladi. Ayrimda oltingugurt tarkibida 5% selen bo`lishi mumkin. Rombik singoniyali, ayrimda rombodipiramidal shakllarda uchraydi. Oltingugurt yaxlit, tuproqsimon massalar holda topiladi. Buyraksimon, oqiq - tomma shakllarda bo`ladi. Rangi -to`q sariq, limon-sariq, asal-sariq, sariq, kulrang-sariq, qo`ng`ir va qora. Kristallari olmosdek, ba`zan yog`langandek yaltiraydi. Toza kristali nurni yaxshi o`tkazadi. Oltingugurtning qattiqligi - 1-2, ancha mo`rt, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi 2,05-2,08. U elektr va issiqlikni yomon o`tkazadi (yaxshi izolyator). Oltingugurtni boshqa o`ziga o`xshash minerallardan ajratish belgilari - rangi, kichik qattiqligi, mo`rtligi yaltirashi va boshqalar.
Sof tug`ma oltingugurt yer po`stining ustki qismida joylashgan. Oltingugurt turli yo`llar bilan yuzaga keladi: 1) vulqon harakatida qator gazlar bilan oltingugurt havoga uchadi, ba`zilari vulqon mo`rilari, jins yoriqlarida yopishib qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonli mamlakatlarda Rossiya (Kamchatka, Kuril orollari), Yaponiya, Italiyaning vulqonlar uchraydigan joylarida solfator manbalarida erigan holda chiqadi va soylar va jarliklarda oqimlar ko`rinishida qotadi; 2) ma`dan konlari oksidlanish zonalarining ostki qismida sulfidlarning, ayniqsa, piritning parchalanishidan paydo bo`ladi; 3) cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishidan ham hosil bo`ladi.
Oltingugurt sanoatning turli tarmoqlarida zarur element hisoblanadi. U turli kislotalar tayyorlashda rezina, bo`yoq, gugurt, mushaklar va ayniqsa qishloq xo`jaligi zarar kunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.
OLTINGUGURT VA SHUNGA O`XSHASH BIRIKMALAR
SULFID MINERALLARI Xalkozin - Cu2S
Argentit - Ag2S
Kovelin - CuS
Shtromeyirit- (Ag,Cu)2S
Xalkopirit - CuFeS2 Gessit - Ag2 Te
Kubanit - CuFe2 S3 Diskrozit - Ag3Sb
Bornit - Cu5 FeS4 Domeykit - Cu3As
Prustit - Ag3AsS3 Pirargirit - Ag3SbS3 Stefanit - Ag5SbS4 Polibazit - (Ag,Cu)16Sb2S11 Kalaverit - AuTe2 Sfalerit - ZnS
Silvanit - AuAgTe4 Vursit - ZnS
Nagiagit - AuPb6(S,Te)14 Kinovar - HgS
Grinokit - CdS
Metasinabarit - HgS
Galenit - PbS
Stanin - SnCu2FeS4 Djemsanit - Pb2Sb2S5 Silindrit - Sn1Pb3Sb2S14 Bulanjerit - Pb5Sb4S11 Frankeit - Sn3Pb5Sb2S14 Burnonit - CuPbSbS3 Aykinit - PbCuBiS3 Vismutin - Bi2S3 Tetradimit - Bi2(Fe,S)3 Realgar - AsS
Molibdenit - MoS2 Auripigment - As2S3 Tungstenit - WS2 Antimonit - Sb2S3 Alabandin - MnS
Pirit - FeS2 Kobaltin - CoAsS
Markazit - FeS2 Ilmenit - FeTiO3 Lellingit - FeAs2 Sperrelit - PtAs2 Oltingugurtli va shunga o`xshash birikmalar Yer po`stida keng tarqalgan birikmalar hisoblanadi. Bu guruh minerallari ximiyaviy birikmalarning turlariga qarab - oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali turlarga bo`linadi. Ushbu guruh minerallari sanoatda juda katta ahamiyatga ega va turli xil konlar hosil qiladi. Oltingugurt bilan birikma hosil qiluvchi minerallar soni 40 ortiq va ularning aksariyati metall hisoblanadi.
Rentgenometrik ma`lumotlariga binoan sulfidlar va shunga o`xshash birikmalarni ion birikmalar qatoriga va ikkinchidan sof tug`ma elementlar qatoriga qo`shish mumkin. Qutblanish hodisasi kristall strukturalarda qarama-qarshi zaryadlangan qo`shni ionlar elektronlarini qisman birlashishga olib keladi.