Uglerod guruhi minerallari Bu guruhga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.
Olmos - S. Nomi grekcha - "adamas" yengilmas degan ma`noni anglatadi. U tabiatda o`ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko`z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat - 0,2 g) va undan ham yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali - 3106 karatli "kullinan", 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval).
Dunyodagi yirik olmos kristallari haqida ma`lumotlar
(V.A.Milashev bo`yicha).
21-jadval
Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, havorang, yashil, sarg`ish, jigarrang, qizg`ish, to`q kulrang, ba`zan qora. Olmosning ichki tuzilishi uning hosil bo`lish sharoiti haqida qo`shimcha ma`lumot beradi. Masalan, yuqori haroratda yuzaga kelgan olmos - oktaedr qiyofasida, rangsiz bo`ladi, haroratning asta-sekin pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab o`zgaradi va rangi quyuqlashib qora bo`ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvars qattiqligidan ming marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo`rt bo`lib, ulanish tekisligi (III) bo`yicha o`rtacha mukammal. Solishtirma og`irligi - 3,4-3,5, kuchsiz elektr o`tkazuvchan. Tabiatda olmosning o`ta sifatli, chiroyli xillari bilan birga yomon xillari uchraydi: 1)Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo`shimtalarga boy. 2)Ballas - shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi. 3)Karbonado - zich kristalli, qora rangli ba`zan mayin, g`ovak donali agregatlardan iborat.
4-rasm. Olmos.
Olmosning tub konlari genetik jihatdan alpinotipli-o`taasos jinslar-dunit, kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog`liq. Dunyodagi eng yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli portlashi natijasida sodir bo`ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop, ilmenitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral hisoblanib, olmos to`g`risida qo`shimcha habar beradi. E`tiborli tomoni kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos kristallariga qo`shilib ketgan minerallardan granat, xromga to`yingan piroksen (enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi hisoblanadi.
Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB, kuchli harorat 1470-1970oda kimberlitli va eklogitli magmalarning kristallanishidan hosil bo`ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari serpentinitlashgan garsburgitlarda va lersolitlarda (Rossiyaning Karyak tog`larida hamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan. Hozirgi vaqtda laboratoriya usulida sun`iy olmos olish bo`yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.
1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sun`iy olmosni laboratoriyada 3270oli haroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq bo`lishgan. Keyingi yillarda ko`p mamlakatlar sun`iy olmos olishni tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun harorat 1470-1770o atrofidaligi aniqlandi. Sun`iy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko`mirdan foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho`kindi - sochma jinslardan ajratib olinadi - Zoir, Angola, Syerra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo bo`yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar hisobidan olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaho - brilliantlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda.
Tabiatda oltingugurtning birnecha polimorf modifikatsiyasi ma`lum. Bulardan biri rombik tuzilishga ega ?- oltingugurt sof holda uchraydi. Uni oddiy sharoitda 96,5odan yuqoriroq haroratda qizitilsa, unda u monoklinal singoniyali ?- oltingugurtga aylanadi, sovitilsa, avvalgi hollariga keladi.