Mineralogiya


Sof holda uchraydigan minerallar



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə13/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
Mineralogiya

Sof holda uchraydigan minerallar
1. Mis - Cu. U kimyoviy jihatdan sof holda bo`ladi, ba`zan tarkibida aralashma holda - Ag, Au va Fe uchraydi. Masalan: oltinli misda Au - 2-3%, vitneit mineralida Au miqdori 11,6% gacha, kumush esa mis tarkibida 3-4 dan 8% gacha bo`ladi. Ayrim hollarda katta miqdorda rux bo`lishi mumkin. Mis kubik singoniyali bo`lib kristallarining to`g`ri qiyofadagi turlari kam uchraydi (2-rasm).
Mis-tog` jinslarining darzlik va yoriqlarida ko`pincha noto`g`ri shaklda dendritlar ba`zan plastinkachalar holida bo`ladi. Ba`zi konlarda yirik, og`irligi bir necha tonnaga teng bo`lgan uyumlari (Amerikaning "Yuqori ko`l" viloyatida) topilgan. Sof holda misning og`irligi 1000 tonna atrofidagi bo`lagi Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan.


2-rasm. Misning kristall strukturalari
Misning rangi qizil. Metall kabi yaltiroq, qattiqligi 2,5-3, yaxshi egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo`q. Solishtirma og`irligi 8,5-8,9, u elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Ushbu xususiyatlari bilan boshqa minerallardan farqlanadi. Mis HNO3 kislotada oson eriydi, HCl da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi. Sof mis turli geologik jarayonlarda yuzaga keladi, ammo ko`p miqdorda gidrotermal va ekzogen sharoitida paydo bo`ladi. Sof misning yuzaga kelishiga misol qilib Amerikaning Michigan shtatidagi "Yuqori ko`l" konini ko`rsatish mumkin. Gidrotermal sharoitda sof misning paydo bo`lishi quyidagicha ifodalanadi.
2FeCl2 +CuCl2 +3H2 O=Cu+Fe2 O3 +HCl
Ba`zan sof mis o`zgargan asosli intruziv jinslarning oralarida uchraydi. Ularning bu joyda mavjudligi xalkopirit va boshqa sulьfidli birikmalarning parchalanishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga misol Uraldagi Turinsk va Qozog`istondagi Qalmoq tosh konlari:
Cu2S+2O2 =CuSO4 +Cu
CuO+C=2Cu+CO2
Cu2O+H2SO4 =CuSO4 +H2O+Cu
Ushbu tenglamadagi sof misning yuzaga kelishini sulfid konlarining oksidlanish zonasining ostki qismida joylashadi. U kuprit Cu2O, malaxit -Cu2(CO3)2·nH2O, ba`zan xalkozin –Cu2S va boshqa minerallar bilan birgalikda uchrashi aniqlangan. Mis metall sifatida - elektrotexnikada, mashinasozlikda, har xil asbob-uskunalar, tanga pul idishlar tayyorlashda ishlatiladi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin