Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə22/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Mineralogiya

Pentlandit – (Fe,Ni)9S8. Mineral nomi birinchi aniqlagan Dj.B.Pendland sharofi bilan ataladi. Pentlandit – temir-nikel kolchedani deyiladi va Fe:Ni munosabati 0,2 dan 1,5 gacha. Unda yuqori darajada kobalt uchraydi. Kobalt-petlandit (Varislaxti Finlandiyada) kobalt – 49%, Langis (Kanadada) 54% So, nikel miqdori esa 10,5%. Bulardan tashqari, petlanditda mis – 6,5, kumush – 14% gacha (Talnax konida) aniqlangan. Petlandit kubik singoniyada yuzaga keladi. Uning rangi bronza – sariq, ba`zan och rangi uchraydi. Metall kabi yatiraydi. Qattiq-ligi – 3,4, ulanish oktaedr bo`yicha mukammal. Solishtirma og`irligi 4,5-5. U elektr tokini yaxshi o`tkazadi, ammo magnitda tortilmaydi. Tabiatda xarakterli shakldagi minerallari kam uchraydi.
Petlandit magmatogen konlarda pirrotin va xalkopiritlar bilan uchrab, yirik uyumlar hosil qiladi. Ular bilan birgalikda platina minerallari – sperrilit – PtAs2, palladiyli platina,, kuperit – PtS lar uchraydi. Oksidlanish zonasida nikel sulfidlaridan suvda oson eriydigan ikkilamchi minerallari-morenozit –NiSO4∙7H2O, rotgersit–
NiSO4 ∙6H2O hosil bo`ladi.
Dunyodagi nikelning 90%, jahonda mashhur – Kanadadagi Syodberi, J.Afrikadagi Bushveld va Rossiyadagi Norilsk, Talnax va boshqalardan qazib olinadi. Ushbu konlarning ma`danlaridagi nikel miqdori 1-5%, mis – 2-3% atrofida bo`ladi.
Nikeldan maxsus asboblar, idishlar tayyorlashda, hamda texnika jihatdan ahamiyatga ega bo`lgan qotishmalar tayyorlashda va temir asboblarni tayyorlashda foydalaniladi.

Xalkopirit – CuFeS2 . Nomi yunoncha «xalkos» – mis, «Piros» – olov ma`nosini bildiradi. (Mis kolchedani) tarkibida – Cu – 34%, Fe – 30,54%, S – 34,9%. Bundan tashqari: Mn – 3%, As – 1,5%, Sb – 1%, Ag, Zn, Bi – 0,2%, atrofida aniqlangan. U tetragonal singoniyali yaxshi kristallari bo`shliqlarda paydo bo`ladi. Rangi jez-sariq, to`q-sariq, ola-bula bo`lib tovlanadi. U shaffof emas, metall kabi kuchli yaltiraydi, mo`rt mineral. Xalkopiritga pirit o`xshash, farqi, rangi va qattiqligi bilan farqlanadi. Xalkopirit HNO3 kislotada parchalanadi va oltingugurt ajraladi. Xalkopirit, pirrotin, petlandit va boshqalar birga intruziv jinslar oralarida magmatogen konlar hosil qiladi. Uni ba`zan gidrotermal konlarda uchratish mumkin. Xalkopirit nurash jarayonlarida parchalanib, mis va temir sulfatlarini hosil qiladi. Mis-porfirsimon kristallar – xalkopirit, bornit, sfalerit va molibdenitlardan iborat (Chilidagi Chukikamata, Bolgariyadagi Medet). Xalkopirit uyumlari ba`zan vulqon jinslarida qora rangli ma`danlar hosil qiladi va ular mayda zarrachasimon xalkopirit, bornit, sfalerit, kassiterit va volframitlardan tashkil topgan (Yaponiyadagi – Akenobye, Ikuno konlari).
Xalkopiritning yirik uyumlari skarnlarda hosil bo`ladi (Turinsk, Rossiya, Olmaliq, O`zbekiston) va mis olishdagi asosiy manbalardan hisoblanadi. Sanoatbop ma`danlarda misning miqdori 2-2,5% bo`lishi lozim, shundagina qazib olishning imkoniyati tug`iladi. Albatta bu ko`rsatkich o`zgaruvchan, chunki yerning chuqur qismidan qazib olishda ahamiyatli bo`lmaydi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin