Kobaltin CoAsS. Sinonimi kobalt yaltirog`i ham deyiladi, tarkibida – So – 35,4%, As – 45,3% va S – 19,3%, bulardan tashqari Fe -16% gacha, nikel – 7,7 atrofida kobaltin kubik singoniyali, uning aniq va to`g`ri kristallari: kub, oktaedr, pentagon dodekaedrik shakllari keng uchraydi. Kobalьtinning rangi oq yoki po`latdek kul rang bo`lib, pushtiroq tovlanadi. Temirga boy turlari to`q kulrang va qora bo`ladi. U metall kabi yaltiraydi, qattiqligi 5-6, ancha mo`rt, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal, elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Kobaltin – gidrotermal jarayonlar uchun xos mineral bo`lib, kontakt – metasomatik temir konlarida uchraydi.
Kobaltinning sanoatbop minerallari – skarn-metasomatik ma`danlarida (Dashkesan, Ozarbayjon Respublikasi) magnetit, xalkopirit, pirit, sfalerit, molibdenitlar bilan birgalikda yirik uyumlar hosil qiladi. Yuqori haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keluvchi konlarda kobaltin, safflorit, skutterudit, smaltin va boshqalar bilan ko`rish mumkin (Ontario, Kanada, Skuttered Norvegiya, Tunaberg Shveciya).
Sperrilit – PtAs2 . Tarkibida – Pt – 56,5%; As – 43,5% miqdorda va aralashma sifatida Rh – 1,6%, Fe –0,4%, Cu – 0,7%, Sb – 0,6%, ba`zan Sn – 3,6% uchratish mumkin. Sperrilit – kub singoniyali, shakli bo`yicha piritga o`xshab ketadi. Tabiatda bu mineral kub, oktaedrik ba`zan pentagon dodekaedr shakllarida uchraydi. Uning rangi qalayidek oq, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 6-7, solishtirma og`irligi 9,5-10,7, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal. Mineral elektr tokini o`tkazmaydi. Sperrilitning hosil bo`lishi asos intruziv jinslar gabbro, gabbro-norit bilan uzviy bog`liq (Syodberi - Kanada, Bushveld - J.Afrika, Norilsk - Rossiya). Bu konlarda sperrilit, pirrotin, xalkopirit, pentlandit va boshqalar bilan o`zaro paragenetik bog`langan.
Prustit – Ag3AsS3. Fransuz ximiyagori J.L.Prusta nomi bilan atalgan. Mineral tarkibi: Ag–65,4%, As–15,2%, S-19,4%. Trigonal singoniyali. Ko`pincha cho`zinchoq romboedr qiyofada mavjud. Bulardan tashqari asosiy shakllarga – geksagonal, prizma va ditrigonal piramidalar holida uchraydi.
Prustitning rangi qizil, to`q qizil, olcha qizil. U yarim shaffof, olmos kabi yaltiraydi, ulanish tekisligi prizma va piramidalar bo`yicha mukammal, chig`anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Uning solishtirma og`irligi 5,5-5,6, elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Prustit o`rta va past haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Prustit - qo`rg`oshin-rux-kumush ma`danli formatsiyalarida keng tarqalgan. Oksidlanish zonalarida pirargirit parchalanib sof tug`ma kumush bilan argentit yuzaga keladi. Prustitning yirik konlari (Rossiyada, Meksikada, Chili, Peru va Boliviya) mamlakatlarida aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: |