Xrizoberill – BeAl2O4. Uning turlari – zumrad kabi yashili aleksandrit deyiladi. Xrizoberill tarkibi quyidagicha: BeO – 19,8%, Al2O3 – 80,2%, aralashma sifatida Fe2O3 – 3,5-6%, ba`zan TiO2 – 3% gacha vaf Sr2O3 – 0,4% ishtirok etadi.
Aleksandritning zumrad kabi yashil rangi xrom aralashmasiga bog`liq. Xrizoberill – rombik singoniyali bo`lib, kristallari qalin taxtasimon, ba`zan qisqa va uzun ustunsimon prizmatik bo`ladi. Xrizoberill odatda sariq rangli, yashilroq goho rangsiz bo`ladi. Uning qattiqligi – 8,5, solishtirma og`irligi 3,8, ulanish tekisligi ba`zi tomonlari bo`yicha mukammal. U kislotalarda erimaydi, ancha barqaror mineral.
Xrizoberillning mineral uyumlari pegmatitlarda, kontakt-metasomatik jarayonlarda yuzaga keladi. U slaneslar oralarida ham paydo bo`ladi va zumrad va dalashpatlari bilan birga uchraydi. Xrizoberillning shaffof, go`zal rangli xillari qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatilmoqda.
Kolumbit-tantalit–(Fe,Mn)N62O6 -(Fe,Mn)Ta2O6 – uzluksiz izomorf aralashmalar qatorini hosil qiladi. Tabiatda kolumbit va tantalit alohida mineral holda uchraydi. Kolumbitda 10-12% Ta2O5, tantalitda esa – 46-62% Ta2O5 bo`ladi. Ba`zan tarkibida skandiy va lantanoidlar – 2%, titan–4,6%, qalayi, volьframlarning miqdori–1% atrofida aniqlangan. Ular rombik singoniyali bo`lib, taxtasimon, ayrimda kalta ustunsimon kristallari aniqlangan. Ularning rangi qora, qo`ng`ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og`irligi – 5,2-8,2 gacha. Kolumbit o`zidan elektr toki o`tkazadi, hamda kislotalarda erimaydi. Kolumbit va tantalitni tashqi belgilariga qarab ajratish qiyin.
Bularning yirik uyumlari nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida yuzaga keladi va kvars, muskovit, turmalin, volframit, kassiterit, samarskit va monacitlar bilan bir associaciyalarda uchraydi. U oksidlanish zonalarida barqaror, ularning sochma konlari ham uchrab turadi. Bu minerallarning konlari Norvegiya, Fransiya, Rossiya (Kola yarim oroli), O`zbekistonda Nurota tog`larida Aqtog` va Aqchop granitlarining pegmatitlarida topilgan. Ushbu minerallar niobiy va tantal metallarini qazib olishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.