Psilomelan – MnO · MnO2 · nH2O. Kimyoviy tarkibi o`zgaruvchan MnO – 60-80%, H2O – 4-6% atrofida. Rombik singoniyali, ko`pincha koncentrik zonal tuzilishdan oqiq shakllar yoki dendritsimon gardlari ham uchraydi. Uning rangi qora ba`zan qo`ng`ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 4-6, solishtirma og`irligi 4,4-4,7 ancha mo`rt. Bu guruhga kiradigan minerallar ma`danlarning oksidlanish zonalarida cho`kish yo`li bilan hosil bo`ladi. Psilomelanli gigant cho`kindi marganec konlari (Chiaturi – Gruziya, Nikopol – Ukraina) mavjud.
K a r b o n a t minerallari
Karbonat guruhi minerallari Yer po`stida juda keng tarqalgan. Keyingi yillarda olingan ma`lumotlarga qaraganda karbonatlar minerallarining soni 90 dan ortiq. Ularning oralarida keng tarqalganlari:
Kalsit – CaCO3
Aragonit – CaCO3
Magnezit – MgCO3
Stronsianit– SrCO3
Smitsonit – ZnCO 3
Viterit – BaCO3
Rodoxrozit – MnCO3
Serussit – PbCO3
Siderit – FeCO3
Dolomit – CaMg(CO3)2
Malaxit – Cu2 [CO3 ](OH)2
Azurit – Cu3(CO3)2(OH)2
Bular orasida kalsit – CaCO3 juda ko`p tarqalgan bo`lib, u asosan dengiz cho`kindisi tariqasida g`oyat katta qatlamlarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari karbonatlar turli konlarda ma`dan minerallarining yo`ldoshi sifatida xizmat qiladi.
Karbonatlarning asosiy kationlari quyidagilar: Ca, Mg, Na, Fe; nisbatan kamroq - Cu, Zn, Pb, Mn, Tr, Bi. Suvsiz korbanatlarning qattiqligi yuqori bo`lmaydi, odatda 3-5 atrofida karbonatlarning suvda eruvchanligi yuqori. Karbonat guruhi minerallarining rangi xilma-xil. U asosan ion-xromoform elementlarga bog`liq. Masalan, mis karbonatlar – yashil va ko`k, uranli-sariq. Lantanoidga boy karbonat minerallari - qo`ng`ir, kobaltli binafsha, ammo asosan ular rangsiz bo`ladi.
Aksariyat karbonatlar ekzogen va gidrotermal jarayonlarda paydo bo`ladi, chunki ularning ko`pchiligi okean va dengizlarda, nisbatan kamrog`i – gidrotermal sharoitda yuzaga keladi. Karbonat guruhiga kiradigan minerallar suvsiz va suvli turlarga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |