Минг бир саволга минг бир жавоб


S: Standart tushunchasi nimani anglatadi?



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə26/60
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109925
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
1001 savol javob

240. S: Standart tushunchasi nimani anglatadi?
J: Standart – boshqa ob’ektlarini taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan ob’ektga qo‘yiladigan vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar talablarni belgilovchi normativ texnik hujjat.
241. S: Ikkinchi Olimpiada o‘yinlari qachon, qaerda o‘tkazilgan?
J: 1900 yili 20-28 may kunlari Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazildi. Bunda 21 ta davlat ishtirok etdi. Sportning 18 turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. (Velosport, suv polosi, yengil atletika, yelkanli sport, suzish, polo regbi, o‘q otish, kamondan o‘q otish, tennis, qilichbozlik va futbol).
242. S: “Umid jamg‘armasi” qanday maqsadda tuziladi?
J: Iqtidorli yoshlarni chet elda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan?
243. S: Uchinchi Olimpiada o‘yinlari qachon, qaerda o‘tkazilgan?
J: 1904 yili 1 iyul kuni AQShning Sent Luis shahrida boshlanib, 23 noyabrga qadar davom etgan. 16 ta sport turidan musobaqalar o‘tkazildi.
244. S: Annotatsiya nima?
J: Annotatsiya – asar haqidagi qisqa ma’lumot yoki asarning qisqacha mazmuni.


245. S: O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy etilishining ahamiyati nimalardan iborat?
J: O‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy qilinishining asosiy maqsadi dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan parlamentarizm tajribasi, O‘zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda qonun chiqaruvchilarning eng muhim davlat masalalarini hal etishdagi rolini qabul mexanizmini yaratish va mamlakatning professional Oliy qonunchilik organini shakllantirishdan iborat. Quyi palata qonunchilik palatasi deb nomlanib, qonun qabul qilish, yuqori palata senat deyiladi. U qonunlar ustidan qarorlar qabul qiladi.
246. S: Ektremizm va aqidaparastlik nima?
J: Diniy ekstremizm – ma’lum siyosiy maqsadlar yo‘lida va din niqobi ostida mutaasiblar yoki ularning irodasiga ko‘ra ish ko‘ruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan o‘ta ashaddiy va qarashlar yig‘indisidir.
Aqidaparastlik – siyosiy maqsadlar yo‘lida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo bo‘lgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin