Минг бир саволга минг бир жавоб


S: Darslarning noan’aviy turlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə52/60
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109925
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
1001 savol javob

591. S: Darslarning noan’aviy turlari
J: Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish natijasida darslarning noan’anaviy turlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Band etish darslari

  2. Sinov darslari

  3. Tanlov darslari

  4. O‘yin darslari

  5. Konsert darslari

  6. Seminar darslari

  7. Predmetlararo darslari

  8. Ekskursiya darslari

  9. Rolli o‘yin darslari va hokazo

  10. Ishchanlik o‘yinlari darslari

  11. Konferensiya darslari

  12. Musobaqa darslari

  13. KVN darslari

  14. Teatrlashtirilgan darslari

  15. Maslahat darslari

  16. Kompyuter darslari

  17. Guruhlarda ishlash darslari

  18. O‘zaro o‘rganish darslari

  19. Ijod darslari

  20. O‘quvchilar olib boradigan darslar

592. S: Dinlararo bag‘rikenglik tarbiyasi
J: Mamlakatimizda qadimdan xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning yashashi, mehnat qilish, bilim olish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, boshqa qonunlarda kafolatlangan.
O‘quvchilarni dinlararo bag‘rikenglik ruhida ruhida tarbiyalashda:

  • Barcha dinlarda milliy va umumbashariy qadriyatlar mujassamlashgan;

  • Bugungi kunda halollik, poklik, mehr-shafqat, bag‘rikenglik nafaqat dindorlar, balki barcha kishilarning hamkorligini tinchlik va barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda;

  • Mamlakatimizda musulmonlar, nasroniylar, induslar yonma- yon, do‘stona yashab kelmoqda, mehnat qilmoqdalar;

  • Hozirgi kunda vatanimizda o‘ndan ziyod konfessiyaga mansub dinniy tashkilotlar faolit ko‘rsatmoqda. Dindorlar o‘z masjidi, cherkovi va sinagoglariga ega.

  • Har bir fuqaroning vijdon erkinligi qonunlar bilan kafolatlangan, sharoit yaratilgan.

  • barcha din vakilllarining hamkor –hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida mamlakatimiz salohiyatini dunyoga tanitish uchun harakat qilayotganlarini hisobga olish zarur.

Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasini darslarda, sinfdan tashqari tadbirlarda, ota-onalar bilan ishlashda keng targ‘ib etiladi.
593. S: Jamoa
J: Jamoa so‘zi pedagogikada quyidagi ma’nolarni anglatadi:
O‘quv –tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish shakli; muayyan faoliyat maqsadiga, birligiga hamda o‘z-o‘zini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarning doimiy guruhi; ta’lim-tarbiya natijasida shakillanadigan va jipslashadigan maxsus guruh; shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning samarali omili
594. S: Jasorat
J: O‘quvchining dadillik, matonatlik, qat’iylik kabi sifatlarini o‘ziga xos ravishda birikuvidan tashkil topgan murakkab irodaviy hamda xarakter xislati.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin