602. S: Ontalogiya J: Borliq haqida falsafiy ilm.
603. S: Optimizm J: O‘quvchining xushchaqchaqlik, tetiklik, kelajakka ishonch bilan to‘lib toshgan ijobiy xarakter xislati. Darslarning samarali natijalar berish o‘quvchining sinfdan optizm xolatini yarata bilishaga bog‘liq.
604. S: Pedagog J: tarbiyachi, o‘qituvchi, murabbiy.
605. S: Pedagogik vaziyat: J: O‘qituvchi va o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirgan, mazmunli, manfaatli hamkorligi natijasida vujudga keltiriladi, o‘quv-tarbiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
606. S: Pedagogik ziddiyat J: shaxsni shakllantirish va tarbiyalashga oid eski pedagogik qarashlar, g‘oyalar bilan yangiliklar o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshilikdir. Ziddiyatlar ichki yoki tashqi; ijtimoiy-pedagogik yoki pedagogik jarayon ichidagi qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin. 607. S: Pedagogik jarayon tamoyillari J: O‘quv-tarbiya jarayoni mazmuni, metodi, shakllariga nisbatan qo‘yiladigan eng muhim talablar majmui hisoblanadi. Uning muhim tamoyillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- o‘quv-tarbiya jarayonining ijtimoiy xarakterdagi maqsadga yo‘naltirilganligi;
- o‘quv-tarbiya jarayoni bir-butun, yaxlit va ko‘p qirraliligi;
- o‘quv-tarbiya jarayonini hayotga bog‘liqligi;
-pedagogik jarayonda shaxsni intellektual – xissiy, irodaviy va amaliy xarakat jixatdan shakllantirish;
- o‘quv-tarbiya jarayonining dunyoviyligi, bolalar jamoasida amalga oshirilishi;
- o‘quvchi – shaxsiga nisbatan talab bilan xurmatning uzviyligi;
- o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi, tashabbuskorligi va iqtidorligini o‘stirish bilan pedagogik rahbarligini qo‘shib olib borish;
- o‘quv-tarbiya jarayonini nafosat yo‘nalishiga ega bo‘lishligi;
- o‘quv-tarbiya jarayoni – shaxsning aqliy, xissiy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy amaliy rivojlanishda yetakchi rol o‘ynashi;
- o‘quv-bilish, mexnat faoliyatini jadallashtirishda o‘quvchilarning qiziqish va intilishlariga, ma’naviy –axloqiy tajribalarga tayanish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish;
- ta’limni ko‘rsatmaliligi;
- ta’limning tushunarli bo‘lishi;