Минг бир саволга минг бир жавоб


S: Futbol o‘yini texnikasi haqida nimani bilasiz?



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə21/60
tarix09.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#109925
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
1001 savol javob

201. S: Futbol o‘yini texnikasi haqida nimani bilasiz?
J: Futbol o‘yinidagi futbolchining texnikasi ikki xil bo‘ladi. To‘psiz hamda to‘p bilan harakatlanish. Masalan, to‘psiz – harakatlanishga o‘yinchining har xil holatda yugurish, chalg‘ituvchi harakatlar. To‘psiz himoyalanish usullari.

  • To‘p bilan chiroyli muomala. To‘pni tepish mahorati, bosh bilan o‘ynash, to‘pni raqibdan chiroyli olib qo‘yish, to‘pni aniq to‘xtata bilish mahorati.

202. S: Futbolda “Dubl-Ve” sistemasi deganda nimani tushunasiz?
J: “Dubl-Ve” sistemasi deganda 3 himoyachi 2 ta yarim himoyachi 5 ta hujumchi tushuniladi.
203. S: 1-4-2-4 sistemasi deganda nimani tushunasiz?
J: Bunda 4 ta himoyachi 2 ta yarim himoyachi, 4 ta hujumchi. Hujum paytida 2 ta yarim himoyachi hujumchilarga hamda himoyachilarga yordam beradi. Demak, hujum va himoyada bir vaqtni o‘zida 6 ta futbolchi ishtirok etadi.
204. S: “Otish” sport turidan qanday tushunchaga egasiz?
J: Bu pnevmatik hamda o‘q otish qurollaridan devorga o‘q otish turidan iboratdir. O‘q otish sportida sportchilar nishonga otishdan iboratdir. Musobaqalar quyidagi o‘q otar qurollarda o‘tkaziladi. Masalan, “kichik kalibrli” tez otar pistolet – og‘irlig 1260 g, 5,6 mm kalibrli, uzunligi 300 mm, balandligi 50 mm.

  • Kichik kalibrli o‘q otish miltig‘i – og‘irligi 8 kg qo‘ndoq uzunligi 20 sm, bunda alohida “nishonga olish” asbobidan foydalanish mumkin emas.

  • “Devorga otish” ya’ni devordan nishonni otish uchun 2 stvolli yoki 1 stvolli avtomatik ravishda o‘qlanadigan miltiqdan otiladi.

  • Harakatdagi nishonni otish uzun 5,6 mm kalibrli, og‘irligi 4,9 yoki 5 kg gacha o‘q otish quroliga ruxsat beriladi. Bu otishda maxsus optik asbobdan foydalanishga ijozat beriladi.

  • Pnevmatik miltiqdan otish – kalibri 4,5 mm og‘irligi 5 kg – undan tashqari pnevmatik pistolet og‘irligi 4,5 kg uzunligi 420 mm balandligi 200 mm eni 50 m li. Maxsus optik asbobdan foydalanishga ruxsat borilmaydi.

  • Kichik kalibrli “standart” miltiq – kichik kalibrli standart miltiqning kalibri 5,6 mm og‘irligi 5 kg.

  • Erkin tanlanadigan miltiq – bu katta kalibrli 8 mm ozi. Hozirda 6,5mm, og‘irligi 8 kg.

  • Standart miltiq (oldingi armiyachilar miltig‘i) u oldingi miltiqlardan kalibrini kattaligi jihatdan farq qiladi (8 mm), og‘irligi 4,7 kg.

  • Kichik kalibrli standart pistolet – uning kalibri 5,6 mm, og‘irligi 1,4 kg, stvol uzunligi 153 mm.

  • Otish joyi (strelbiщe) odamlar va hayvonlar hayotiga xavf soladigan bo‘lmaydigan erkin zonada yoki yer ostida bo‘lishi lozim. Eni 50 m yoki 25 m.

  • Kichik kalibrli miltiq – bunday miltiqlardan otish musobaqasi maxsus tirlarda o‘tkaziladi. O‘q otish joyidan nishongacha masofa 50 m.

  • Pistoletdan otish musobaqalari 50 hamda 25 metrlik tirlarda o‘tkaziladi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin