223. S: Xokkey klyushkalarining og‘irligi hamda darvozabon tayoqchasi haqida ma’lumot bering. J: Xokkey klyushkalarining uzunligi 35 smdan oshmasligi kerak, ilmog‘ining uzunligi 37 sm eni 7,5 sm darvozabon tayoqchasi ilmog‘i yo‘g‘onligi 90 sm, balandligi 61 sm. 224. S: Butun jahon shahmat federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: Butun jahon shahmat federatsiyasi 1924 yili tashkil topgan.
225. S: Shahmat bo‘yicha jahon chempionati qachondan boshlab o‘tkaziladi? J: 1886 yildan beri. 226. S: Shahmat doskasidan o‘lchami haqida nima bilasiz? J: Shahmat doskasining o‘lchami 46x46 sm kvadrat, u 64 ta katakka bo‘lingan. Kataklarning 32 tasi oq 32 tasi qora. 227. S: Shahmat o‘yinida vaqt chegaralanganmi? J: Vaqt albatta chegaralangan bo‘ladi. Xalqaro shahmat federatsiyasining qaroriga asosan har bir shahmatchi 2,5 soat ichida kamida 40 marta figurani siljitgan bo‘lishi lozim. 228. S: O‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari haqida nima bilasiz? J: O‘zbekiston fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan teng shug‘ullanish huquqiga ega.
229. S: Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? J: Insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi, jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi. 230. S: Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya qanday amalga oshiriladi? J: Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi bo‘lib, davlat ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. 231. S: Jismoniy tarbiya va sport inshootlari xususiy mulk bo‘lishi mumkinmi? J: Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlari xususiy mulk bo‘lishi mumkin.