247. S: Jismoniy tarbiya darsi bayonnomalari qanday yoziladi? J: Jismoniy tarbiya darslari bayonnomalarida dars maqsad va vazifasi, kerakli jihozlar va o‘tkazish joyi ko‘rsatiladi. Shuningdek, bajariladigan urm to‘liq yoziladi. Dars asosiy qismida jismoniy mashqni bajarish usullari keng batafsil bajarish bo‘yicha tavsiyalar ham keltiriladi. Dars yakuniy qismida bajariladigan tinchlantiruvchi mashqlar va o‘yinlar ham to‘liq qayd jtiladi. Har bir harakat va mashqlar bajarish soni, uslubiy tavsiyalar ham bayonnomada keltiriladi.
248. S: “Gimnastika” so‘zining ma’nosi nima? J: Gimnastika yunoncha “gimnos” so‘zidan kelib chiqib, yalang‘och degan ma’noni, gimnastika so‘zi esa mashq qildiraman degan ma’noni anglatadi. 249. S: Ma’naviyat jihatdan yetuk shaxs deganda nimani tushunasiz? J: Yuksak e’tiqodli, iymonli, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, fidoyilik kabi fazilatlarga ega. 250. S: Umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan sport musobaqalari kalendar rejasi qanday tuziladi? J: Eng avvalo maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashi chaqirilib, maktabdagi jismoniy tarbiya va sportga yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib, quyidagicha tuziladi.
200_-200_ o‘quv yilida o‘tkaziladigan sport-ommaviy tadbirlari rejasi.