232. S: O‘zbekistonda professional sport bilan shug‘ullanishlari mumkinmi? J: Professional sport bilan sport murabbiyi yoki hakam sifatida shug‘ullanishlari mumkin. 233. S: Jismoniy tarbiyada harakat faoliyatining sinfdan tashqari shakllari qanday bo‘ladi? J: Sport seksiyalari, to‘garaklar, o‘quvchilar qiziqishlariga qarab ochilgan to‘garaklar. 234. S: Xalqaro voleybol federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: 1945 yili.
235. S: Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi qachon tashkil topgan? J: Olimpiya harakataining oliy rahbar organi 1894 yil 23 iyunda fransuz jamoat arbobi Per De Kuberten tashabbusi bilan tashkil qilindi. XOQ tarkibiga 12 ta davlatdan Angliya, Argentina, Belgiya, Vengriya, Yunoniston, Italiya, Yangi Zelandiya, Rossiya, AQSh, Fransiya, Shvesiyadan 14 ta vakil ishtirok etgan.
236. S: Dunyoda birinchi bo‘lib, sport madhiyasi kim tomonidan yozilgan va ijro etilgan? J: Sport madhiyasi birinchi bo‘lib, dunyoda Olimpiya o‘yinlari tashabbuskori Per De Kuberten tomonidan yaratilgan. Bu madhiya 1912 yili Shvesiyada o‘tkazilgan. Per De Kuberten ushbu madxiya uchun oltin medal bilan mukofotlangan.
237. S: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan? J: 1997 yili 29 avgust. 238. 1-Olimpiada o‘yinlari qachon, qaerda o‘tkazilgan? J: Miloddan avvalgi 776 yili birinchi Olimpiada o‘yinlarining sanasi hisoblanadi. Hozirgi zamon Olimpiadasi esa 1896 yili o‘tkazildi. Ushbu Olimpiada Gresiya-Afinadagi Marmar stadionda o‘tkazilib, 80 ming tomoshabin ishtirok etgan.
239. S: “Pedagogik texnologiya” so‘z birikmasi nimani anglatadi? J: “Pedagogik texnologiya” – butun o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir.