265. S: “Uch xatlab sakrash” haqida qanday tushunchaga egasiz? J: Uch xatlab sakrash yugurish hamda uch marta navbatma-navbat oyoqni sakrash xolatiga aytiladi. Uch xatlab sakrash sport turi XVIII asrlarda Irlandiyada mashxur bo‘lgan. Birinchi qadam qo‘yilsa, “xop” ikkinchi qadam “xop” uchinchisi jami sakrash o‘ng oyoqdan o‘ng oyoqqa tushib sakraladi. 266. S: Uch xatlab sakrash uchun maydon o‘lchami qancha? J: Uzunlikka sakrash uchun ishlatiladigan maydondan foydalaniladi. 267. S: “Balandlikka sakrash” maydoni haqida nima bilasiz? J: Bunda sakrash chuqurchasi, 2 dona stoyka, 1 dona planka. 268. S: “Balandlikka sakrash” chuqurchasining o‘lchami qancha? J: 5x4m. Hozirgi paytda yumshoq, prujinasimon matlardan foydalaniladi. 269. S: “Balandlikka sakrash” yugurish yo‘lakchasi qancha? J: Uzunligi 15 metr.
270. S: “Balandlikka sakrash” plankasi haqida aytib bering. J: Balandlikka sakrash plankasining uzunligi 3,64 sm dan 4,00 m gacha, og‘irligi 2 kg.gacha. Aylanasi 3 sm.
271. S: “Uzunlikka sakrash” usullarini aytib bering. J: Uzunlikka sakrashda quyidagi usullar mavjud. “Qadamlab” oyoqlarni bukib hamda “qaychi” usuli. 272. S: Uzunlikka sakrashda nechta “faza” bor? J: Uzunlikka sakrashda to‘rtta “faza” bor, yugurish, depsinish, uchish va qo‘nish.
273. S: “Langar cho‘p bilan sakrash” haqida so‘zlab bering. “Stoyka haqida”. J: Zamonaviy stadionlarda stoykalar 5 m 40 sm, oralig‘da o‘rnatiladi. Sakrash plankasining uzunligi 3,86 sm – 4 m 52 sm gacha. Umumiy og‘irligi esa 2,6 kg. 274. S: “Qo‘nish” maydoni qancha (langar cho‘p). J: Balandligi 5x5 o‘lchamdagi parallel matlardan to‘shaladi. 275. S: “Yadro turtish” maydonining o‘lchami qancha? J: Yadro turtish maydoni sektori 2 m 35 sm ni tashkil etadi. Oldi tomoni esa oq chiziq bilan bo‘yaladi. Oldindagi oq chiziqni uzunligi 1 m 22 sm.