580. S: Xalqaro qoidalarga asosan qaysi predmetlarda “Badiy gimnastika”chilar musobaqalashadilar. J: Koptok, obruch, lenta, arqon, skakalka, bulava. 581. S: Avtoritar pedagogika J: o‘qituvchi, tarbiyachilarning obro‘ va ixtiyoriga ko‘ra bo‘ysunishga asoslangan pedagogika. 582. S: Akreditatsiya J: Ta’lim muassasasini vakolatli davlat organlari tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi va yuridik shaxs sifatida faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. 583. S: Aql J: Barcha bilish jarayonlarining yig‘indisidan iborat ruhiy hodisa, ongning tarkibiy qismi. U miyaning yuksak mahsuli, voqealikni aks etirishning insonlarga xos bo‘lgan murakkab shakli bo‘lib, ijtimoiy amaliyot bilan uzviy bog‘liq. 584. S: Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi J: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qadrlar tayyorlash davlat dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakillantirishning, sog‘lom turmush tarziga intilishi va sportga mehr-muhabbatini singdirshning g‘oyat muhim sharti sifatida, bolalar ommaviy sportini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq (2000 yil 24 oktabr) O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilgan. Uning Nizomi, xarakat dasturi tasdiqlangan.
585. S: Voleologiya J: Salomatlik pedagogikasi.
586. S: Vakolatli ta’lim J: Insonning o‘zini o‘qishga o‘rgatish, mustaqil ravishda ijtimoiy tajriba, ijtimoiy bilimlar orttirmoqqa va ularni boshqalar bilan sahovat ila bo‘lishishga o‘rgatishdir. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar atrofdagilar bilan o‘z munosabatlarini, gender sezgilarini namoyon qilgan holda, o‘zaro ishonch va sheriklik asosida qanday kurish kerakligi haqida, qanday qilib samarali hamkorlik qilish va jamoaning shakllantirish to‘g‘risida bilim oladilar. 587. S: Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash J: O‘quvchilarda Vatanimiz o‘tmishi, buyuk farzandlari hayoti, merosi bilan tanishtirish orqali “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” bo‘lishiga ishonch tuyg‘usini tarkib toptirishdir. Vatanimizning ravnaqi, avvalo, uning farzandlari kamoliga bog‘liq bu esa har bir yurtdoshimizni o‘zining ma’naviy kamoloti uchun yuksak ma’suliyatni his etishga, o‘z maanfatlarini shu yurt, shu halq maanfatlari bilan uyg‘unlashtirib borishga, yashashga da’vat etadi.