Men Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-maktabda pedagogik amaliyotni o‘tadim. Pedagogik amaliyot davrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga og‘zaki va yozma hisoblashga doir ko‘pgina ko‘rgazmali qurollar yasadim. Boshlang‘ich sinf matematika darslarini o‘tishda noan‘anaviy usullardan foydalandim. Kurs ishimda o‘tkazilgan darslardan namunalar keltiraman.
1000 Ichida qo’shish va ayirish Og’zaki qo’shish va ayirish Mavzuni o’rganish natijalari
Mavzuni o‘rganish natijasida o‘quvchilar:
Uch xonali sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish usullarini o‘zlashtirishlari hamda mos ravishdagi hisoblash malakalarini egallashlari kerak.
Qo‘shish va ayirishni tekshira olishlari kerak.
O‘zlariga tanish bo‘lgan uzunlik va massa o‘lchovi birliklarini takrorlash; ular haqidagi ko‘rgazmali tasavvurni va uzunlik o‘lchovlari orasidagi munosabatlar haqidagi hamda berilgan kattaliklarni o‘lchay olish kabi bilimlarni mustahkamlash; yangi massa o‘lchovi birliklari bilan tanishish, avval kiritilgan birliklar bilan ularning munosabatlarini o‘zlashtirish (1 kg = 1000 g), har bir yangi birlik haqida ko‘rgazmali tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
Ikki qo‘shiluvchini topishga doir, ikki bo‘linmaning yig‘indisini topishga doir tarkibli masalalar bilan tanishishlari kerak. [20]