Darslarga oid metodik ko’rsatmalar
dars.
300+600, 700—200 ko’rinishidagi hollar uchun qo’shish va ayirish usullari
Yangi material ustida ishlar
1. Namuna bo‘yicha og‘zaki bajaring:
654=600+50+4 721-... 850=... 308=...
Yuzlarni qanday qo‘shish (ayirish) qulay:
700+200 400+100 800-300 500-200?
Darslikdagi namuna bo‘yicha Sizning rahbarligingizda ishlash.
218- mashq (III ustun — doskada, I—II ustunlar mustaqil).
Og‘zaki mashqlar.
Hisoblash usullarini tushuntiring: 25+3, 25-3, 432+30,
Javoblarinigina yozing: 75 soni 25 dan necha marta katta? 75 soni 25 dan qancha ortiq? 36 sm ning yarmini toping. Kesmaning biri 2 sm ga teng, Butun kesma qanchaga teng?
Ketma-ket hisoblang.
Shaklning qanday qismi shtrixlangan? Qanday bildingiz?
216, 219- mashqlar tushuntirib yechiladi.
220- masala Sizning rahbarligingizda yechiladi. Masalani o‘qing va uning qisqa yozuvini yozing:
Olib kelindi — kg shakar.
Ishlatildi — kun har kuni kg dan. Qoldi — ?
Masala savoliga javob berish uchun nimani bilish kerak? (Qancha shakar bo‘lgan va qancha ishlatildi?) Biz nimani bilamiz? Nimani topa olamiz? Qaysi amal bilan? Qancha shakar qolganligini qaysi amalni bajarib bilish mumkin? Masalaning yechimini amallar bo‘yicha yozing.
221- amaliy mazmundagi mashq izohlab yechiladi. [20]
dars.
Dostları ilə paylaş: |