Birinchi bobda biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini minglik mavzusini o‘qitishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi ya‘ni minglik mavzusini o‘qitish, ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasini bayon etdik.
1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini «Ming» bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanar ekan. Shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga xona birliklarini taqqoslash, ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi, 1— 100 sonlarining natural ketma-ketligiga doir topshiriqlar kiritish lozim.
Dostları ilə paylaş: |