Oltinnning qotishmalari Xozirgi kunda oltin va kumushning juda kup qotishmalari mavjud. Ular yaxshi o’rganilgan. Bu qotishmalar katta amaliy ahamiyatga ega.
Oltin kumush bilan birinchi turdagi uzluksiz qattiq eritmalar qatorini mavjud qiluvchi qotishmalar hosil qiladi. Au-Ag qattiq eritmasi sariq - yashil rang kasb etadi. Moddalar 50% dan aralashganda qotishma rangi och sariq tusga kiradi. Oltin va kumush qotishmasi «yumshoq» va yaxshi bolg’alanish xususiyatiga ega. Oltin va palladiy qotishmasi ham kumush-oltin qotishmasi kabi cheksiz eritma qatorini tashkil etadi. SHu boisdan ham Ra (palladiy) tish-protez texnikasida ishlatiladi.
Oltin mis qotishmasi 2-tur holat diogrammasiga xos, uzluksiz eritma qatorini hosil qiladi. Bu eritmada eriy olish minimumi 884 oS da 18% Su ga teng. Au-Su qotishmasi qizil-sariq tusga kiradi. Tish-protez texnikasida keng ishlatiladi. Au-Su qotishmasi Ai ga qaraganda qattiq va mustahkamdir. Mis odatda oltin va kumush pullariga qattiqlik berish va ishlatilganda yemirilib ketishdan asrash uchun liggatura sifatida qushiladi.
Oltin bilan qo’rg’oshin qotishmasi, «verkbley» yahni oltin-qo’rg’oshin aralashma eritmalaridan oltinni kupelyatsiya (qo’rg’oshinni bug’lantirib haydash) yo’li bilan rafinatsiya (tozalash) uchun amaliy ahamiyatga ega.
Oltin qo’rg’oshin qotishmasi 2 ta kimyoviy birikmalar Au2 Rb va AuRb2. Au-Rb qotishma 15% Rb da evtetik qotishma hosil qiladi. Qo’rg’oshin oltin kristallari orasida erimay qotadi va shu boisdan bu qotishma mo’rt bo’ladi. Taxminan 700-800 oS da RbO sifatida bu qotishma tarkibidan qo’rg’oshin uchib ajraladi.
1. Amaliy pirometallurgiya jarayonida qo’rg’oshin erigan holda oltinni o’zida «yutib» tuplay oladigan kollektorga aylanadi.
Qo’rg’oshin erigan holda oltinni 14,8% Au gacha to’play oladi.
Oltin surma donogramma sistemasi 25% Rb da evtektika hosil etib, 460 oS da eriydi. Oltin tarkibidagi surma, oltinga yomon xislat beradi, qotishma sifatini buzadi. Surmali oltin past navli hisoblanadi. Oltin va qalay AiSn2 va AuSn4 birikmalarini hosil qilib 250 va 309 oS da eriydi.
Oltin-rux birikmasi katta ahamiyatga ega. Bu qotishmaning Au3Zn, AuZn, AuZn3 kimyoviy birikmalari mavjud. Oltin va simob qotishmasi katta fazaviy va amaliy ahamiyatga ega. Bu birikma asosida oltinni amalg’gamalash yo’li bilan rudalar tarkibidan ajratib olish kashf etilgan. Oltin-simobning uchta AuHg2, Au2Hg, Au3Hg birikmasi mavjud. Simob 16,7 % bo’lsa evtektika beradi. Oltin va simob birikmasi 310 oS da ajrab ketadi.