O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIy VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
«metallurgiya» KAFEDRASI
“RUDALAPHI BOYITISH TEXNOLOGIYASI”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Navoiy 2022
Ma’ruza №1.
Kirish. Foydali qazilmalapHi xalq xo’jaligidagi o’pHi.
Tayanch so’zlar: Foydali qazilma, Qimmatbaho komponent, Foydali qo’shimcha,zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari
Foydali qazilmalar xalq xo’jaligining asosi hisoblanib, hech bir soha yo’qki, foydali qazilmalar yoki ulapHi qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar qo’llanilmasa.
Foydali qazilmalapHi boyitish qattiq foydali qazilmalapHi boyitma, yahni sifati dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo’jaligida keyingi ishlatish uchun qo’yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi sanoat tarmogi hisoblanadi.
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali) komponent, qo’shimchalar, yo’ldosh elementlapHing miqdori, shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaho komponent deb shu qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi. Masalan, oltin, mis, qo’rg’oshin, temir, asbest misli, qo’rg’oshinli, temirli va asbestli rudalarda tegishli ravishda qimmatbaho komponentlar xisoblanadi.
Qo’shimchalar foydali va zararli bo’lishi mumkin.
Foydali qo’shimcha deb foydali qazilmada uncha ko’p bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Zararli qo’shimchalar deb foydali qazilmada uncha ko’p bo’lmagan miqdorda mavjud bo’luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatiga salbiy tahsir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |