Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə3/39
tarix06.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#93881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
РБТ..маърузалар матни

Nazorat savollari.
1) Qimmatbaho komponent nima?
2) Zararli qo’shimchalar deb nimaga aytiladi?
3) Qaysi elementlapHi yo’ldosh elementlar deyishimiz mumkin?


Ma’ruza №2.
Mis va mis-pirit rudalarini boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Misning asosiy xususiyatlari va qo’llanilish sohalari.
2. Misning minerallari va rudalari.


Tayanch so’zlar: Mis, valentlik, Xalkopirit, BopHit, Xalg’kozin,Kovellin, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari
1. Mis — D.I. Mendeleev davriy jadvalining birinchi guruhiga kiruvchi kimyoviy element bo’lib, atom nomeri 29, nisbiy atom massasi 63,546. Kristal panjarasi — tomonlari 3,597∙10-10 m bo’lgan qirralari markazlashgan kub. Elektron struk­turasi 1s22s22’63s23r63d104s1 va s-elemenga kiruvchi 7 ta erkin orbitalari soniga ega. Uch valentli misning birikmasi, masalan Si2O3 kuchli oksidlovchi hosoblanadi. Mis birqancha bir valentli birikmalar hosil qiladi, ammo u uchun ikki valentli birikma xarakterli hisoblanadi.
Misning atom radiusi 1,28∙10-10 m, bir valentli misning ion radiusi 0,96∙10-10 m, ikki valentli misning ion radiusi esa 0,8∙10-10 m. Misning zichligi 20 °S haroratda 8,96 g/sm3 ga teng. Erish harorati 1083°S, qaynash harorati 2600°S. Misni keng qo’llanilishiga sabab bo’lgan asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori issiqlik o’tkazuvchanligi (20 °S haroratda 394,279 Vt/(m∙K) va kam elektr qarshilikka egaligidir (20 °S haroratda 1,68∙10-8 Om.m). Mis kumushdan so’ng eng yaxshi o’tkazuvchan hisoblanadi.
Mis nomagnit, uning magnit singdiruvchanligi 5,27 .10-6 ga teng. Kam miqdordagi fosfor, margimush, surma va alyuminiy uning issiqlik o’tkazuvchanligini pasaytiradi, vismut va qo’rg’oshin qo’shimchalari misni sinuvchanligini oshiradi, oltingugurt qo’shimchasi esa sovuqda havoda misni murtlashtiradi. Mis bilan qattiq aralashma hosil qiluvchi ko’p elementlar uning elektr o’tkazuvchanligini pasaytiradi.
Misning kimyoviy faolligi sust. Xona haroratida namlik va SO2 gazi tahsirida misning yuzasi karbonat qobig’i bilan qoplanadi va u qobiq keyinchalik misni oksidlanishdan saqlaydi. 375°C gacha qizdirilganda misning yuzasi SiO gacha oksidlanadi. 1100 °S gacha qizdirilganda misning sirt yuzasida SiO qatlami, ichida esa Si2O hosil bo’ladi.
Mis (N. A. Menshutkin tasnifiga ko’ra) kumush, kadmiy, smob, qo’rg’oshin va vismut bilan bir qatorda IV analitik guruhga kiradi va vodorod sulfidi bilan pH 0,5 da erimaydigan sulfidlar hosil qilgan holda yengil cho’kadi. Temir, kobalt va nikel singari mis ham kompleks hosil qilishga moyil. Bu esa ammiakli kompleks olish uchun muhim sanoat ahamiyati kasb etadi.
Misning yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi va egiluvchanligi uning texnikada keng qo’llanilishiga sabab bo’ladi. 50 % qazib olinadigan mis elektrotexnika sanoatida kabel, shin va boshqalapHi ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Misdan muzlatkichlapHing detullari, issiqlikalmashtirgichlar yasaladi. Qazib olinayotgan misning 40 % ga yaqini har xil qotishmalar (ulardan asosiydari latun va bronza hisoblanadi) olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari mis sulfati, mineral o’g’itlar va sanhat asarlari uchun mahsulotlar olish uchun foydalaniladi.


2. Mahlum bo’lgan 170 ta mis mineralidan hozirgi kunda 17 tasi sanoatda qo’llanilmoqda. Bu minerallar birinchi navbatda misning sulfidli minerallari – xalkopirit, bopHit, xalkozin, kovellin, tetraedrit, tennantit, enargit, hamda oksidli minerallari – kuprit, malaxit, azurit, xrizokolla, broshantit, va xalkantitlardan iborat.
Konlarda mis alohida mineral sifatida uchrab turadi. Unda misning miqdori 97 – 99% gacha, hamda temir, kumush, qo’rg’oshin, oltin, smob va vismut qo’shimchalari uchraydi. Tug’ma misning zichligi 8,4 – 8,9 g/sm3 va qatttiqligi 2,5 – 3 ga teng.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin