31
13-rasm. Burg’ilash stanogi kinematik sxemalari.
Burg’ilash stanogi aylantirgich uskunasi kinematik sxemasi 13-rasmda
keltirilgan. Quvvati 60 kVt bo’lgan o’zgarmas tok DPV-52 tipli dvigateldan 1
aylanma harakat mufta 2 va ikki bosqichli reduktor 3 orqali tishli-shinali muftaga 5
uzatiladi. Mufta elektrodvigatel va aylantirgich reduktorini zarblar va vibratsiyadan
himoya qiladi.Mufta tayanch uzeli shpindeli 6 bilan bog’langan bo’lib, u orqali
aylanma harakat burg’ilash snaryadiga uzatiladi.Aylantirgich karetkasi 4 stanok
machtasidagi yo’naltiruvchilar bo’ylab harakatlanadi.
Burg’ilash ish joyidagi kuchlanish stanok tayanch uzeli suriluvchi (polzunka)
vositalariga ulangan uzatib-botirish mexanizmi pastki qismi sim arqonlari (kanat)
bilan ta’minlanadi. Burg’ilash stanogi snaryadini uzatib-botirish mexanizmi
gidrosilindrlar 7 va to’rt karralik sim arqonli- polispast sistemadan tashkil topgan
bo’lib, gidrosilindr suriladigan shtokining 2 metrga siljishi 8 metrlik burg’ilash
snaryadining skvajinaga bosim bilan to’liq botirilishini ta’minlaydi.Sim arqon-
polispst sistema tepa qism 3 va pastki qism sim arqonlardan tashkil topgan bo’lib,
ular machtaning yuqorisidagi bloklar 2 va pastdagi bloklar 8 orqali, hamda
gidrosilindrlar shtokiga o’rnatilgan bloklar 5 orqali o’tkazilgan. Tortuvchi sim
arqonlarning bir uchlari i burg’ilash snaryadi kallagining tayanch uzeliga 4, ikkinchi
uchlari machta karkasining vinti taranglovchi uskunalariga ulangan 1 va 6. Burg’ilash
stanogining uzatish-botirish uskunasi bundan tashqari burg’ilash snaryadini ko’tarib
olish va elektr kabeli bo’lgan girlyandlarni, hamda havo va suv shlangli quvurlarining
(rukava) tarang turishini ta’minlaydi. Buning uchun suriladigan karetka 10 va ikki
karralik sim arqon-polispast sistema 9 qo’llanilgan.
Dostları ilə paylaş: