2
Tuzuvchilar:
Maxmudov A.M.
Mustafayev O.B
Ushbu uslubiy qo`llanma bakalavriatning 5312200- ―Konchilik elektr
mexanikasi‖; 5320300-―Texnologik mashinalar va jihozlar (Konchilik)‖5310700-
"Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari"; 5311600- "Konchilik
ishi"; 5321100- "Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash
texnikasi va texnologiyasi" yo’nalishlari talabalarining "Kon mashinalari" va "Kon
mashinalari va uskunalari" fanlaridan tajriba ishlarini
bajarishlari uchun
mo’ljallangan va professor-o’qituvchilar tomonidan konchilik sohasi boshqa
ixtisoslik fanlaridan tajriba ishlarini o’tishlarida foydalanishlari mumkin.
Har bir mavzu bo’yicha asosiy nazariy tushunchalar, uskuna konstruktiv
sxemalari,
asosiy qismlari va elementlari, ishlash prinsplari, topshiriqlarni bajarish
uchun birlamchi qiymatlar va mavzuga oid spravochnik ma`lumotlar yetarli darajada
keltirilgan.
Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan nashr
qilinmoqda.
Taqrizchilar: Sobirov T.O. - NKMK bosh mexanigi
Atakulov L.N. – NDKI, t.f.n. dotsent
3
SO`Z BOSHI
―Kon mashinalari‖ va ―Kon mashina va uskunalari‖
fanidan tajriba ishlarini
bajarishga tayyorlangan uslubiy qo`llanma asosiy maqsadi talabani bilimini
chuqurlashtirish, kon mashinalari va uskunalarining nazariy tushunchalar, uskuna
konstruktiv sxemalari, asosiy qismlari va elementlari, ishlash prinsplarini va to’g’ri
tanlay bilishni va uning ekspluatatsion ko’rsatkichlarini aniqlashning zamonaviy
usullarini o’rgatadi. 5312200- ―Konchilik elektr mexanikasi‖; 5320300-―Texnologik
mashinalar va jihozlar (Konchilik)‖5310700- "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va
elektr texnologiyalari"; 5311600- "Konchilik ishi"; 5321100- "Noyob va radioaktiv
metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi" yo’nalishlari
talabalariga ―Kon mashinalari‖ va ―Kon mashina va uskunalari‖ fani bo’yicha
bajariladigan
tajriba ishlarini, ochiq kon ishlarida va yer osti kon ishlarida
ishlatiladigan burg’ilash stanoklari va boshqa uskunalarni konstruktiv tuzilishi, ish
prinsiplari, kon mashinalarini ishonchliligini o’z ichiga qamrab olgan. Kon
mashinalarining uzluksiz va iqtisodiy samarali ishlashi,
ularni ish jarayonida ish
rejimlarini to’g’ri tanlash, o’zgartirish va belgilash, ishlab chiqarish jarayonlari
samaradorligini oshirishning asosi bo’lib, kon korxonalarining iqtisodiy samarali
ishlashi va foydali qazilmalarning tannarxining pasayishiga olib keladi. Talabalarning
―Kon mashinalari‖ fanidan tajriba ishlarini o’rganishlari
va bajarishlari, ularning
kurs davomida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga, chuqurlashtirishga va
malakaviy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.