7
3-rasm. Dolotali koronkalar.
Perforator koronkalarini tayyorlash uchun quyidagi qattiq qotishmalar tavsiya
qilinadi: f=15-20 qattiqlikdagi tog’ jinslari uchun VK-15 rusumli, f=10-15 tog’
jinslari uchun esa VK-8V rusumli.
Aylantirib–zarb
berish bilan burg’ilashga mo’ljallangan burg’ilash
instrumentlari 4. 2-rasm, g da ko’rsatilganidek burg’ilash koronkasi 1 ikkita yon
tarafdan yuvuvchi tirqishlarga ega. VK-8V rusumli qattiq qotishmali plastinka bilan
ta’minlangan. Kornka korpusi U7 markali po’latdan tayyorlangan.
Nisbatan qattiq yoriqli tog’ jinslaridan aylantirib-zarb berish bilan shpur
burg’ilashda uchtishli koronkalar ishlatiladi.
Burg’ilash shtangasi 2 o’lchamlari shpur chuqurligiga bog’liq ravishda
diametri odatda 22-32 mm, uzunligi esa 3-5 m, suv haydash kanalchasi diametri esa 8
mm ni tashkil qiladi.
PDC suv, gaz, neft, geologik qidiruv skvajinalari burg’ilashni oxirgi avlodi.
PDC III 112 mm dolotasi tog’ jinsini buzuvchi qattiq qotishmali o’rnatmaga ega
hisoblanadi. Bu qazish usuli oddiy sharoshkali dolota bilan qazishga nisbatan 2-3
marta burg’ilash jarayonini tezlashtiradi. PDC III 112 mm dolotasi unchalik katta
bo’lmagan miqdordagi
xarsang toshlar, gil, argelit, qum tosh, ohaktoshli to’rtlamchi
davr qatlamlarini o’tishga mos keladi.
Dolotaning afzalliklari:
- Yuqori unumdorlik
- Konstruksiyasida harakatlanuvchi qismlarning yo’qligi tufayli avariya
holatining pastligi;
- Yeyilishga chidamliligi yaxshiligi
- Burg`ilash mexanik tezligining yuqoriligi
PDC III 112 mm dolotasi burg’ilash jarayonini boshqarishni ta’minlaydi,
barcha ko’rinishdagi burg’ilovchi uskunada ishni ta’minlaydi. Keskichlar miqdori
dolotaning diametri va kuraklari soni bilan aniqlanadi. 400 m gacha burg’ilash
imkoniyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: