4
TAJRIBA ISHI № 1
BURG`ILASH INSTRUMENTLARI KONSTRUKTSIYASI, ASOSIY
ELEMENTLARI VA ISHLASHI PRINTSIPINI O’RGANISH.
REJA:
1. Qirg`ich tipli dolatalar tuzilishi.
2. Pikaburlar tuzilishi va ishlash prinsipi.
3. Karonkalar tuzilishi va ishlash prinsipi.
4. Sharoshkalar tuzilishi va ishlash prinsipi.
Ishdan
maqsad:
Talabalar
o`z
bilimlarini,
burg`ilash
instrumentlari
konstruktsiyasi, asosiy elementlari va ishlashi printsipini o’rganish orqali yanada
mustahkamlash.
Kon lahimlarini o’tishda shpurlar burg’ilash uchun yaxlit burg’i asbobi yoki
shtanga va alohida yechiladigan qattiq qotishma bilan armirovka qilish lozim keskich
yoki koronkadan (1-rasm) tashkil topgan asboblar ishlatiladi.
Echiladigan keskichlar va burg’ilash koronkalarining yaxlit burg’i asbobidan
afzalliklari ularni tashish harajatlarining kamligi, burg’ilash
asbobiga sarflanadigan
po’latning va qattiq qotishmaning kamligi va burg’ilash xo’jaligining soddaligidir.
Har yili jaxonning ko’plab ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalari
tomonidan millinolab burg’ilash asboblari ishlab chiqariladi. Burg’ilash
asboblarining konstruktsiyasi va sifati va ayniqsa uning qiyin sharoitlarda uzoq
muddat ishlay olish qobiliyati asosiy va muhim omil bo’lib, unumdorlikning
oshishini va shpur burg’ilash tannarxining kamayishini ta’minlaydi
1-rasm. Burg’ilash instrumentlari.
Burg’ilashning bizga ma’lum uchta usuliga mos ravishda burg’ilash asboblari
aylantirib burg’ilashga, zarb berib-burish bilan burg’ilashga va aylantirib-zarb berish
bilan burg’ilashga mo’ljallangan bo’ladi (2-rasm).
Aylantirib burg’ilashga mo’ljallangan burg’ilash instrumentlari-asosan qo’lda
ishlatiladigan va kolonkali kon parmalarida ishlatilib, (2-rasm) yechiluvchi keskich 1,
burama vintli shtanga 2 dan tashkil topgan. Burg’ilash
asbobining bir uchi
konussimon, ikkinchi uchi esa bosh qism deyilib, keskich o’rnatiladigan uyacha va
kskichni shtanga bilan bog’lovchi shpilьka 3 dan iborat.
5
Ikkala keskichlarning birlashgan o’tkirlik burchagi 120
0
, bitta keskichning
o’tkirligi 65
0
.
Mexanik burg’ilash mashinalari aylantirib burg’ilovchi burg’ilash asbobi (2-
rasm) yechiluvchi kechkich 1 va burg’ilash shtangasi 2 dan iborat. Keskich korpus 3,
dum qismi 4 va perьev 5 dan tashkil topgan. Bunday keskichlarning ko’mirga va
boshqa tog’ jinslariga mo’ljallanshan turlari mavjud. Ko’mirga mo’ljallangan
keskichlarda boshqa keskichlarga nisbatan lezviyalari zatochkalari burchaklari torroq
bo’ladi.
Ikki tishli va uch tishli keskichlar farqlanadi. Keskichlar 41, 44 va 60 mm
diametrli b o’ladi.
Keskich korpusi U7, 30XGSA yoki 35XGSA markali po’latlardan
yuqori
haroratda qayta ishlangan holda tayyorlanadi. Ularga VK-6V, VK-8V yoki VK-15
markali kobolьt tarkibli qattiq qotishmali plastinkalar quyiladi.
Mexanik burg’ilovchi mashinalar aylantirib burg’ilovchi keskichlari quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
- 20000 N gacha o’q yo’nalishidagi kuchni uzatishni ta’minlashi;
- 0,4-1,0 MPa bosimli suvni uzatish (0,25-0,33 l/sekund) imkonini beruvchi
yetarli o’lchamdagi kanalchaga ega bo’lishi;
- ikki tishli keskichlarda ikkita, uch tishli
keskichlarda esa uchta suv
kanalchalari bo’lishi;
- keskichning tashqi shakli silliq bo’lishi va shtanga bilan ulanadigan joyida
quyqaning (shlam) erkin chiqishini ta’minlashi kerak;
- qattiq qotishmali plastinkaning keskich korpusiga mustahkam biriktirilishi
surilishga 150 N/mm
2
o’lchamdan kam bo’lmasligi;
- keskich shtangaga bilan tebranishlarsiz va yuvuvchi suyuqlikning sizib
chiqmasdan zich va mustahkam biriktirilishi talab etiladi.
Ikki tishli keskichlar ko’mir, tor va o’rtacha qattiqlikdagi tog’
jinslarini
burg’ilashda keng qo’llaniladi. Qattiq va yoriqli tog’ jinslarida ikki tishli keskichlar
ishlatilganda burg’ilash sifati yomonlashadi, keskich tishlari tog’ jinsiga tiqilib qoladi
yoki shtanga va mashinaga kuchli tebranish yetkazadi. SHuning uchun bunday
sharoitlarda uch tishli keskichlar ishlatiladi va yuqoridagi holatlarning oldi olinadi.
Keskichlarni shtangaga qotirishning bir necha usullari mavjud: konusli, rezьbali,
silindrik kulachokli va shplintli.
Konusli qotirishda keskich bilan shtanga ishonchli zichlashadi va o’q
yo’nalishidagi bosim yaxshi uzatiladi, lekin katta
buruvchi momentnm uzatish
vaqtida shtanga burilib ketishi mumkin va shaxta uchun xavfli haroratga qizishi
mumkin. Konusli qotirishda shtanganing burilib ketmasligini ta’minlovchi qurilma
o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Ulanish konusligining qiymati 1:12 va 1:16
qiymatda bo’ladi.
Rezbali qotirish ham ishonchli, lekin ish vaqtida
rezba xaddan tashqari zich
qisilib ketadi va yechib olish qiyinlashadi. Undan tashqari rezьbali birikmani
tayyorlash bir muncha qiyin bo’lib, keskich asbobi tannarxining oshishiga sabab
bo’ladi.