14
chastotasi bilan ishlaydi; «Polnaya rabota»–kran to’liq ochilgan. Ayrim hollarda
shpurdagi maydalangan tog’ jinsi burg’ining markaziy kanali orqali siqilgan havoni
haydash bilan bajariladi. Bunda rukoyatning to’rtinchi «Produvka» holati bo’ladi.
9.-rasm. PP54VB pnevmatik perforatori
Tebranish so’ndiruvchi prujinali qurilma burg’ilovchi mashinistni tebranishdan
ximoya qilishga mo’ljallangan. U rukoyat 1 va ikkita truba 2 shaklidagi yengil
payvandlangan ramadan tashkil topgan. Trubalarda polzun 20 li ishchi prujinalar
joylashgan. Tebranishni so’ndirish uchun yo’naltiruvchi kronshteyn 24 va tayanch
kolьtsalar oralig’iga ikkita 23 yordamchi prujinalar o’rnatilgan.
SHovkin so’ndirgich 8 rezinadan tayyorlangan bo’lib, kamerasi silindr tashqi
yuzasiga qoplangan. SHovkin so’ndirgich o’q atrofida aylanuvchan bo’lib,
burg’ilovchi o’ziga qulay holatda aylantirishi mumkin. U ovoz darajasini taxminan
1,5 marta pasaytiradi.
Perforatorning ishlash prinsipi. Zarb beruvchi porshen siqilgan havo ta’sirida
oldinga va orqaga harakatlanadi. Bu harakatlar havotaqsimlash qurilmasining siqilgan
havoni silindrning o’ng va chap yuzalariga navbatma-navbat uzatishi natijasida sodir
bo’ladi. Oldinga harakatlanish vaqtida zarb beruvchi porshen ishchi qadami oxirida
perforatordagi burg’ilash asbobini tutib turuvchi qismiga zarb kuchini yetkazadi; zarb
beruvchi porshen orqaga harakatlanganda xrapovik qurilma 5 va buriluvchi vint 6 lar
yordamida ma’lum burchakka buriladi. Bunda u o’ziga birikib to’rgan buksa 13 i
grandbuksa 14 va burg’ilash asbobi xam buriladi.
Dostları ilə paylaş: