Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан


Burg’ilash stanogi gidravlik uskunalari va sxemasi



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix10.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#110903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
@iBooks Bot kon mashinalari va uskunalari

 
Burg’ilash stanogi gidravlik uskunalari va sxemasi 
SBSH-250MN burg’ilash stanogi gidravlik uskunalari (22-rasm) va sxemasi
(22b-rasm)larda keltirilgan. Gidravlik sistemaning barcha mexanizmlari moy 
stantsiyasidan ta’minlanadi, u esa 350 l lik moy bakiga montaj qilingan nasoslar va 
gidroapparatupalar komplektidan tashkil topgan. 


36 
Moy stansiyasi Asosiy nasos Yordamchi nasos
Nasos 18BG-12-24 moyni N-403 nasosiga uzatish va moy stantsiyasining reversivli 
zolotniklarini 4 boshqarish sistemasini moy bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Ikki 
sektsiyali N-403 nasosi summar ish unumdorligi 35 l/min, 35G12-24 ikkilangan 
nasos esa ish unumdorligi 70l/min yoki 35 l/min. Suyuqlikning maksimal ishchi 
bosimi sistemada saqlovchi klapan 1 bilan ushlab turiladi. Ishchi bosim regulirovkasi 
esa sistemaga ulangan zolotnik 3 regulyator 2 bilan amalga oshiiladi. Burg’ilash 
stanogini gorizontlashtirishda barcha uchta nasos ham baravar birgalikda ishlatiladi
hamda suyuqlik oqimi zolotniklar 4 , 11 va gidroqulf (gidrozamok) 12 orqali 
gorizontlashtirish gidrosilindrlarining porshenli bo’shlig’iga boradi. Sistemada bosim 
6 MPa qiymatga yetgach 35G12-24 nasosining bitta sektsiyasi to’xtatiladi va oqim 
zolotnik 13 orqali suyuqlik qaytish trubkachasiga oqadi. Bosim 7 MPa ga yetgach 
ushbu nasosning ikkinchi sektsiyasi ham zolotnik i14 orqali ishdan to’xtatiladi. Bu 
holatda gorizontlashtirish gidrosilindrlarining porshenli bo’shlig’i gidroqulflar bilan 
berkitiladi. Boshqa alohida ishlaydigan mexanizmlarni boshqarish esa mos 
gidrosilindrlar va zolotnikdar bilan bajariladi. 
22 b-rasm. 2SBSH-250-MNA burg’ilash stanogining gidravlik sxemasi


37 
Lyunetni ko’tarib-tushirishda 18BG12-24 va N-403 nasoslari birga 
ishlayotganda moy oqimi zolotnik 15 orqali lyunet gidrosilindriga yetib boradi. 
Lyunetda shtangalarni siqib mahkam ushlab turish zolotnik 17 ishga tushganda 
bajariladi. Machtani ko’tarish va tushirish gidroqulflari bo’lgan ikkilangan 
gidrosilindrlar bilan zolotnik 18 orqali bajariladi. Zolotnik 19 bilan 19 burg’ilash 
shtangalarini burab-ulash mexanizmi, zolotnikom 20bilan yuqoridagi kalit (klyuch ) 
gidrosilindri ishga tushiriladi. Kasseta zolotnik 16 yordamida boshqariladi. 
Qattiq va juda qattiq tog’ jinslarida burg’ilash ishlarini olib borishda uzatib-
botirish mexanizmi gidrosilindrlariga 6 suyuqlik oqimi 2ta nasosdan (18BG12-24 va 
N-403) reversiv zolotniklar 4 va 5 orqali oqib keladi. Bu gidrosilindrlar shtokli 
bo’shlig’idan gidroqulf 7 va zolotnik 5 orqali oqib ketadi. Bu holatda reversiv 
zolotnik 5 N-403 nasosining 1ta sektsiyasini suyuqlik oqimini suyuqlik qaytish 
trubkachasiga yo’naltirib yuklamadan ozod qiladi. Yumshoq tog’ jinslarida 
burg’ilash ishlarini olib borishda bu sektsiya zolotnik 8 va bir tomonga o’tkazuvchi 
klapan (obratniy) 9 orqali suyuqlikning zo’riqmali magistral liniyasiga ishga 
qo’shiladi va snaryadni uzatib-botirib borish tezligi oshadi. Bu magistralda saqlovchi 
klapan 10 mavjud. Burg’ilash snaryadini asta-sekin ko’tarib olishda 18BG12-24 va 
N-403 nasoslar birgalikda ishlatiladi. Burg’ilash snaryadini tez ko’tarib olishda va 
tushirishda esa magistraldagi umumiy oqimga ikkilangan 35G12-24 ishlagandagi 
qo’shimcha suyuqlik qo’shiladi. Zolotnik 3 dvigatelning avariyali holat yuklamasida 
ishga tushadi va himoyalaydi, u sistemadagi suyuqlik bosimni 1,5 MPa gacha 
kamaytiradi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin