Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан


Burg’ilash stanogi havo-suv sistemasi



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix10.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#110903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
@iBooks Bot kon mashinalari va uskunalari

 
Burg’ilash stanogi havo-suv sistemasi 
Burg’ilash stanogi havo-suv sistemasi skvajinani burg’ilangan zarrachalardan 
tozalash, inatrumentni sovutish va chang bostirish uchun mo’ljallangan.. Havo-suv 
sistema 6VKM-25/8 yoki VV-2/8 kompressor qurimalari (23.-rasm) va ONO-2 va 
2,5VS-1,8M nasos qurilmalaridan tashkil topgan. Kompressor qurilmada bir 
bosqichli vintli VK-11 kompressori o’rnatilgan bo’lib, ish unumdorligi 25 m
3
/min va 
elektr yuritkichining quvvati 165 kVt. Uyurmali nasos 2,5VS-1,8M esa suvni sig’imi 
3,5 m

bo’lgan bakka haydash uchun ishlatiladi. Uyurmala ikki bosqichli nasosli
ONO-2 nasos qurilmasi suvni magistraldagi siqilgan havoga purkash uchun 
mo’llallangan. Hosil bo’lgan havo-suv aralashmasi burg’ilash shtangalari va 
instrumenti orqali yuqori bosim bilan skvajinaga yetkaziladi va burg’ilangan 
zarrachalar skvajina yer yuzasiga shlam sifatida olib chiqiladi..Skvajina yer 
yuzasidagi shlam esa "Proxodka-500-2M" tipli ventilyator qurilmasi bilan haydaladi.


38 
23.-rasm. kompressor VV-2/8 
 Burg’ilash stanogi elektr ta’minoti 
SBSH-250MN burg’ilash stanoginingelektr ta’minoti PKTP tipli quvvati 560 
kV-A bo’lgan suriladigan transformator podstansiyasidan egilyvchan shlangsimon 
KRSHK 3x150+1x50 elektr kabeli yordamida stanokdagi kabel o’rnatkich orqali 
ta’minlanadi. Stanok asosiy ishchi mexanizmlari va uskunalari elektr ta’minoti 
hamda ularni boshqarish pultda va boshqarish shkaflarida joylashgan boshqarish va 
regulirovka qilish apparaturalari yordamida bajariladi. Mashinist kabinasida 
burg’ilash jarayonini va compressor stansiyani boshqarish pultlari joylashgan.Stanok 
yurish uskunasini boshqarish uchun olib chiqilgan pult ham ko’zda tutilgan. Yurish 
uskunasini kabinadan ham va tashqarida turib ham boshqarish mumkin.Stanok 
mfshina bo’limida elektroapparaturalarni boshqarish uchun 2ta shkaf mavjud.. SHkaf 
№ 1da kirish avtomati va compressor qurilma, ventilyator qurilma, nasos qurilmalar 
va yurish uskunasi dvigatellarini ishga tushirish uskunalari, hamda asimmetr 
joylashgan bolib, ular boshqarish bilan birga yerga bir fazali qisqa tutashuvda kirish 
avtomatini avtomatik o’chirish uchun xizmat qiladi. naxodyatsya vvodnыy avtomat i 
puskovaya apparatura upravleniya kompressorom, Shkaf № 2 da aylantirgich 
uskunasi DPV-52 o’zgarmas tok dvigatelining cho’lg’amlarini ta’minlash uchun
tiristorli qayta o’zgartgich joylashtirilgan.
Modernizatsiya qilingan yangi tipdagi burg’ilash stanoklarida Schneider 
Elektric 2ta chastotali qayta o’zgartguch (24.-rasm) o’rnatilgan bo’lib, u stanok 
harakatlanganida yurish mexanizmi asinxron dvigatellarini boshqaradi.Stanok 
burg’ilash jarayonida esa chastotali qayta o’zgartguch aylantirgich uskunasi va 
gidronasoslar asinxron dvigatellarini boshqarishga o’tadi. Burg’ilash stanoklari 
bundan tashqari opsiya sifatida changni quruq tozalash sistemasi ya’ni chang so’rib 
olish kamerasi, siklon qurilmasi, mayda tozalash filtrlari va havo so’rish 
ventilyatorlari va h. 
24-rasm.CHastotali qayta o’zgartgich
Nazorat savollari: 


39 
1)SBSH tipli burg`ilash stanoklari konstruktsiyasi, asosiy uzellari va 
parametrlari. 
2)2SBSH-250MNA burg`ilash stanogi ish bajaruvchi uskunasi konstruktiv 
sxemasi. 
3) 2SBSH-250MNA burg`ilash stanogi gidravlik va pnevmatik sxemalari. 
4) 2SBSH-250MNA burg`ilash stanogi harakat uskunasi sxemasi 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin