TAJRIBA ISHI №6
UZATISH MEXANIZMLARI KONSTRUKTIV TUZILISHI VA ASOSIY
ELEMENTLARINI O’RGANISH.
Reja:
1. Uzatish mexanizmlari konstruktiv tuzilishi.
2. Uzatish mexanizmlari asosiy elementlari.
3. Tishli uzatmalarninig tuzilishi.
Ishdan maqsad: Talabalar o`z bilimlarini, uzatish mexanizmlari konstruktiv
tuzilishi va asosiy elementlarini o’rganish orqali yanada mustahkamlash.
Ma`lumki, mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun avvalo biror
energiya manbai bo`lishi kerak. Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigateli, bug’
mashinasi, elektrik dvigatellardan foydalanish mumkin. Ko’pincha, energiya manbai
sifatida foydalaniladigan uzellarning ishlash harakteri ish bajaruvchi qismga
qo’yilgan talablardan farq qiladi. Masalan, avtomobilni turgan joyidan qo’zg’atish
vaqtida uning g’ildiraklaridagi burovchi moment katta qiymatga ega bo’lishi kerak.
Bunga g’ildirakni g’ildirakning aylanish chastotasini kamaytirish hisobiga
erilishiladi. Avtomobilga o’rnatilgan ichki yonuv dvigateli aylanish chastotasining
nominal qiymati esa nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Demak, avtomobilning normal
harakatini ta`minlash uchun, ma`lum aylanish chatotasi bilan ishlab turgan
dvigateldan foydalanilgan xolda, g’ildirak tezligini boshqarish va lozim bo’lgan
taqdirda harakat yo’nalishini o’zgartirish zarurati tug’iladi.
Avtomobillarda bunday vazifani o’taydigan uzel tishli g’ildiraklardan tuzilgan
uzatma, ya`ni tezliklar qutisidir. Ko’pchilik elektrik daigatellarning ishlash rejimi
ham mashinaning ish bajaruvchi qismining ishlash ishi ham turli uzatmalar
vositasida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi
oralig’ida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi hamda harakatini talab qilinganidek
boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi.
Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, pnevmatik va g’idravlik uzatmalardan
foydalaniladi. Ularning eng ko’p ishlatiladigan mexanikaviy uzatmalardir. Bu
uzatmalar alohida va boshqa tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.
Mashina detallari kursida, asosan mexakaviy uzatmalar o’rganiladi. Boshqa tur
uzatmalar haqidagi ma`lumotlar maxsus kurslarda batafsil yoritiladi.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo’linadi: 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan
uzatmalar (friksion va tasmali uzatmalar); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar
(tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar).
40
Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tegib
turadi yoki egiluvchan zveno (tasma, zanjir) orqali bog’langan bo’ladi.
Bundan tashqari, mexanikaviy uzatmalar vallarning o’zaro joylashishiga qarab,
paralel, kesishgan, ayqash vali turlarga, uzatish sonining o’zgarishiga qarab esa
uzatish soni o’zgarmas, pog’onali o’zgaruvchan va pog’onasiz o’zgaruvchi xillarga
bo’linadi.
Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g’ildirak, shkif va
shu kabilar) silliq sirki, hisobiga ishlaydigan uzatmalarning asiosiy detallari (tishli
g’ildirak, chirvyak kabilar) burovchi momentning uzatilishini ta`minlaydigan
tishlarga ega bo’ladi. Uzatmalardan energiya manbaidan energiyani bevosita qabul
qilib oluvchi val yetaklovchi val deb, bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi
qismga uzatuvchi val esa yetaklovchi val deb, bu valdan energiyani bevosita qabul
qilib, ish bajaruvchi qisimga uzatuvchi val esa yetaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, har bir pog’onaning energiya manbai
tomonidagi birinchi vali ikkinchi valiga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi val esa
pog’onadagi yetaklovchi val bo’ladi.
Uzatmalar loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining
quvvati hamda aylanish chastotalari berilgan bo’lishi kerak. Birinchi va oxirgi
vallardagi quvvat hamda tezliklar uzatmaning asosiy harakteristikasidir. Bundan
tashqari, uzatmalarning foydali ish koeffisienti hamda uzatish soni ularning ishini
harakterlovchi ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Uzatmalarning foydali ish koeffisienti quyidagicha aniqlanadi:
1
2
N
N
yoki
1
1
N
N
i
(105)
bu yerda N
u
– harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda zarrali
qarshiliklar mavjudligi natijasida isrof bo’lgan quvvat.
Agar yetaklovchi valning aylanish chastotasi n
1
, yetaklanuvchi valniki n
2
bo’lsa,
u xolda, uzatish soni quyidagicha ifodalanadi:
i =
2
1
n
n
.
Energiya oqimining yo’nalishidan qat`iy nazar, istalgan ikki val burchak
tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi:
1
2
1
2
1
2
2
1
2
1
2
1
;
n
n
i
n
n
i
(106)
bu yerda
1
va
2
– birinchi va ikkinchi valning burchak tezliklari, rad/s
hisobida. Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo’lib, birdan katta, kichik yoki birga
teng bo’lishi mumkin. Uzatish soni esa, asosan katta qiymatli aylanishlar
chastotasining kichik qiymatli aylanishlar chastota nisbatiga teng bo’lgani uchun u
aksariyat birdan kata bo’ladi: Ayrim xollarda uzatish soni ham birga teng bo’lishi
mumkin. Ko’pchilik mexanikaviy uzatmalarda birinchi valning aylanishlar chastotasi
qolgan vallarning aylanishlar chastotasidan katta bo’lgani uchun, hisoblashda asosan
uzatish soni tushunchasidan foydalaniladi.
.
41
64-rasm. Uzatish sxemalari:
a – Silindr tishli; b –Konus tishli; v – Chervyakli; g – tasmali; d –zanjirli
Dostları ilə paylaş: |