Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix10.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#110903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
@iBooks Bot kon mashinalari va uskunalari

TAJRIBA ISHI №6 
UZATISH MEXANIZMLARI KONSTRUKTIV TUZILISHI VA ASOSIY 
ELEMENTLARINI O’RGANISH. 
Reja: 
1. Uzatish mexanizmlari konstruktiv tuzilishi. 
2. Uzatish mexanizmlari asosiy elementlari. 
3. Tishli uzatmalarninig tuzilishi. 
Ishdan maqsad: Talabalar o`z bilimlarini, uzatish mexanizmlari konstruktiv 
tuzilishi va asosiy elementlarini o’rganish orqali yanada mustahkamlash. 
Ma`lumki, mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun avvalo biror 
energiya manbai bo`lishi kerak. Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigateli, bug’ 
mashinasi, elektrik dvigatellardan foydalanish mumkin. Ko’pincha, energiya manbai 
sifatida foydalaniladigan uzellarning ishlash harakteri ish bajaruvchi qismga 
qo’yilgan talablardan farq qiladi. Masalan, avtomobilni turgan joyidan qo’zg’atish 
vaqtida uning g’ildiraklaridagi burovchi moment katta qiymatga ega bo’lishi kerak. 
Bunga g’ildirakni g’ildirakning aylanish chastotasini kamaytirish hisobiga 
erilishiladi. Avtomobilga o’rnatilgan ichki yonuv dvigateli aylanish chastotasining 
nominal qiymati esa nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Demak, avtomobilning normal 
harakatini ta`minlash uchun, ma`lum aylanish chatotasi bilan ishlab turgan 
dvigateldan foydalanilgan xolda, g’ildirak tezligini boshqarish va lozim bo’lgan 
taqdirda harakat yo’nalishini o’zgartirish zarurati tug’iladi. 
Avtomobillarda bunday vazifani o’taydigan uzel tishli g’ildiraklardan tuzilgan 
uzatma, ya`ni tezliklar qutisidir. Ko’pchilik elektrik daigatellarning ishlash rejimi 
ham mashinaning ish bajaruvchi qismining ishlash ishi ham turli uzatmalar 
vositasida amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi 
oralig’ida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi hamda harakatini talab qilinganidek 
boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi. 
Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, pnevmatik va g’idravlik uzatmalardan 
foydalaniladi. Ularning eng ko’p ishlatiladigan mexanikaviy uzatmalardir. Bu 
uzatmalar alohida va boshqa tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. 
Mashina detallari kursida, asosan mexakaviy uzatmalar o’rganiladi. Boshqa tur 
uzatmalar haqidagi ma`lumotlar maxsus kurslarda batafsil yoritiladi.
Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo’linadi: 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan 
uzatmalar (friksion va tasmali uzatmalar); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar 
(tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar). 


40 
Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tegib 
turadi yoki egiluvchan zveno (tasma, zanjir) orqali bog’langan bo’ladi. 
Bundan tashqari, mexanikaviy uzatmalar vallarning o’zaro joylashishiga qarab, 
paralel, kesishgan, ayqash vali turlarga, uzatish sonining o’zgarishiga qarab esa 
uzatish soni o’zgarmas, pog’onali o’zgaruvchan va pog’onasiz o’zgaruvchi xillarga 
bo’linadi.
Ishqalanish hisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g’ildirak, shkif va 
shu kabilar) silliq sirki, hisobiga ishlaydigan uzatmalarning asiosiy detallari (tishli 
g’ildirak, chirvyak kabilar) burovchi momentning uzatilishini ta`minlaydigan 
tishlarga ega bo’ladi. Uzatmalardan energiya manbaidan energiyani bevosita qabul 
qilib oluvchi val yetaklovchi val deb, bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi 
qismga uzatuvchi val esa yetaklovchi val deb, bu valdan energiyani bevosita qabul
qilib, ish bajaruvchi qisimga uzatuvchi val esa yetaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, har bir pog’onaning energiya manbai 
tomonidagi birinchi vali ikkinchi valiga nisbatan yetaklovchi, ikkinchi val esa 
pog’onadagi yetaklovchi val bo’ladi. 
Uzatmalar loyihalash uchun ularning kamida birinchi va oxirgi vallarining 
quvvati hamda aylanish chastotalari berilgan bo’lishi kerak. Birinchi va oxirgi 
vallardagi quvvat hamda tezliklar uzatmaning asosiy harakteristikasidir. Bundan 
tashqari, uzatmalarning foydali ish koeffisienti hamda uzatish soni ularning ishini 
harakterlovchi ko’rsatkichlardan hisoblanadi. 
Uzatmalarning foydali ish koeffisienti quyidagicha aniqlanadi: 
1
2
N
N


yoki
1
1
N
N
i



(105) 
bu yerda N

– harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda zarrali 
qarshiliklar mavjudligi natijasida isrof bo’lgan quvvat. 
Agar yetaklovchi valning aylanish chastotasi n

, yetaklanuvchi valniki n

bo’lsa, 
u xolda, uzatish soni quyidagicha ifodalanadi: 
i = 
2
1
n
n

Energiya oqimining yo’nalishidan qat`iy nazar, istalgan ikki val burchak 
tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi: 
1
2
1
2
1
2
2
1
2
1
2
1
;










n
n
i
n
n
i
(106) 
bu yerda 

1
va 

2
– birinchi va ikkinchi valning burchak tezliklari, rad/s
hisobida. Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo’lib, birdan katta, kichik yoki birga 
teng bo’lishi mumkin. Uzatish soni esa, asosan katta qiymatli aylanishlar 
chastotasining kichik qiymatli aylanishlar chastota nisbatiga teng bo’lgani uchun u 
aksariyat birdan kata bo’ladi: Ayrim xollarda uzatish soni ham birga teng bo’lishi 
mumkin. Ko’pchilik mexanikaviy uzatmalarda birinchi valning aylanishlar chastotasi 
qolgan vallarning aylanishlar chastotasidan katta bo’lgani uchun, hisoblashda asosan 
uzatish soni tushunchasidan foydalaniladi. 



41 
64-rasm. Uzatish sxemalari: 
a – Silindr tishli; b –Konus tishli; v – Chervyakli; g – tasmali; d –zanjirli 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin