Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан


Burg’ilash stanogi ish bajaruvchi uskunalari. Machta



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix10.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#110903
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
@iBooks Bot kon mashinalari va uskunalari

 
Burg’ilash stanogi ish bajaruvchi uskunalari. Machta. 
Burg’ilash stanogida machta (17-rasm) shveller uchburchak metalli 
konstruksiyadan ferma shaklida tayyorlangan karkas 1 bo’lib, mashinist kabinasi va 
suv baki oralig’ida o’rnatilgan. Machtaning pastki, o’rtadagi va yuqoridagi 
bog’lovchi qismlari shvellerdan tayyorlangan bo’lib, uning karkasiga ikkita tsapfa 2 
payvandlangan va uning bilan mashina bo’limi karkasidagi maxsus podshipniklarda 
o’rnatilgan. Bu tsapfalarda machta stanokning ishchi yoki transport holatiga burilishi 


34 
mumkin. Machta balkasiga 3 machtani og’dirish gidrosilindrlarining shtoklari 
mahkamlangan. Machtaning butun uzunligi bo’yicha yo’naltiruvchi shvellerlar 4 
mahkamlangan bo’lib, unda burg’ilash snaryadi kallagi 5, taranglovchi karetka 6 va 
ushlab turuvchi girlyanda 8 suriladi. Taranglovchi karetka balkaga 7 osib qo’yilgan. 
Machta karkasi yuqoridagi kamariga uzatib-botirish mexanizmining yuqoridagi 
bloklari, pastki kamariga esa pastki bloklar va uzatib-botirish gidrosilindrlari 
mahkamlangan. 
Burg’ilash 
snaryadining 
skvajinaga 
uzatilib-botirilishi
gidrosilindrlar bilan sim arqon-polispast sistemasi orqali amalga oshiriladi. 
Burg’ilash stanogida snaryad kallagi uzatib-botirish mexanizmi sim arqonlariga osib 
qo’yilgan. Burg’ilash shtangalari to’rtta bo’lib uchtasi separatorda o’rnatilgan. 
Karkas pastki kamarida chang qochiruvchi qalqon (shit) 11 bilan to’silgan burg’ilash 
shtangalarini burab-ulash mexanizmi 10 va gidroblok 12 joylashtirilgan. 
Machtaning texnik qarovini o’tkazish uchun unda zinapoya 13 o’rnatilgan.
17–rasm.Burg’ilash stanogi machtasi asosiy qismlari 
18–rasm.Burg’ilash stanogi machtasi konstruksiyasi 
Burg’ilash stanogi machtasida burg’ilash asosiy va yordamchi ishlarini bajarish 
uchun barcha uzel va mexanizmlar joylashtirilgan.


35 
Burg’ilash snaryadini o’q bo’yicha botirish bosim kuchi va buralish momenti 
bilan ta’minlash va kuch uzatish burg’ilash kallagi bilan amalga oshiriladi. 
Burg’ilash kallagining asosiy qismlari aylantirgich mexanizmi, tayanch uzeli va 
tishli-shinali mufta hisoblanadi.
19–rasm. Burg’ilash snaryadi kallagi 
20-rasm.Separator 21–rasm.Lyunet 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin