Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə29/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Endokrinologiya

Klinik kartinasi.Pangipopituitarizmning klinikasi adenogipofizning destruktsiyasi tezligi va hajmi bilan belgilanadi.Ko’pincha yosh va o’rta yoshli ayollar (20-40 yosh) aziyat chekishadi.Kasallik sekin rivojlanadi,bir necha yillar o’tishi mumkin.Avvaliga ko’pincha somatotrop va gonodatrop gormonlarning aktivligi pasayadi,keyinchalik tireotrop va adrenokortikotrop gormonlar funksiyalar pasayadi. BIr teksida ozish,mushaklar atrofiyasi,ichki organlarning hajmi kichrayishi kuzatiladi.Tana vazninining kamayishi unchalik yaqqol namoyon bo’lmagan,2-6 kg oyiga,og’ir holatlarda 25-30 kg oyiga.SHishlar kuzatilmaydi.Teri qoplamlarining o’zgarishi xarakterli:yupqalashish,quruqlik,bujmayish,oqimtir-sariq mumsimon rangda kepaklanishi kuzatiladi.Qo’ltiqost va qov soxasidagi tuklar yo’qoladi.Umumiy ko’rinish o’ziga hos.Melanin sintezining kamayishi hisobiga(MSG defitsiti) so’rg’ichlardagi,oraliqdagi teri depigmentatsiyaga uchraydi, ter ajralishi va yog’ bezlarining sekretsiyasi kamayadi.Soch to’kilishi va sinishi,erta oqarishi,suyaklarning dekaltsinatsiyasi,tishlarning tushishi kuzatiladi.Tez orada marazm va qarilik involyutsiyasi rivojlanadi,.
Yaqqol holsizlik,apatiya,butunlay harakatsizlikkachabo’lgan adinamiya,gipotermiya,kollaps(ortostatik),maxsus terapiya korsatilmasa o’limga lib keluvchi komatoz holat harakterlidir.TTG ning kamayishi tezda yoki sekin-asta gipotireozga olib keladi.Uyquchanlik,sovuq qotish,lanjlik,adinamiya,bradikardiya,meda-ichak trakti atoniyasi va qabziyat rivojlanadi.Yaqqol namoyon bo’lgan gipotireoz va gipogonadizmda shishlar kuzatilsihi mumkin.Klinik kartinada asosiy o’rin tutadigan bu jinsiy sferadagi buzilishlardir.Jinsiy buzilishlar boshqa hamma simptomlardan oldin kelishi mumkin.JInsiy moyillikning kamayishi,potentsiyaning kamayishi,tashqi va ishki jinsiy azolarning atrofiyasi kuzatiladi.Ayollarda menstruatsiya to’xtaydi,sut bezlari hajmi kichiklashadi.Bu kasallik tug’ruqdan keyin rivojlansa-agalaktiya va amenoreya kuzatiladi.Erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilar yo’qoladi(qovdagi,qo’ltiq ostidagi tuklar,mo’ylov va soqol);moyaklar,prostataning,urug’ tizimchasining,jinsiy olatning atrofiyasi,testesteron miqdorining kamayishi kuzatiladi.
Tashxis.Pangipopituitarizmning tipik holatlari tashxisda qiyinchilik tug’dirmaydi.Kasallikning tug’ruqdan keyin rivojlanganligi yoki boshqa sabablarga ko’ra buyrak usti bezi po’stlogg’ining yetishmovchiligi, qalqonsimon,jinsiy bezlar yetishmovchiligi simptomokompleksi buni isbotlaydi.Simmonds-Shixan kasalligi uchun hos bo’lgan labarator o’zgarishlardan,gipoxrom va normoxrom anemiya(ayniqsa yaqol namoyon bo’lgan gipotireozda),leykopeniya eozinofiliya bilan,limfotsitoz.Qonda glyukozaning miqdori kam,xolesterin miqdori ortadi.Gormonal tekshiruvlar periferik gormonlarning miqdorining (T4,testesteron,siydikdagi erkin kortizolning sutkalik miqdori) trop gormonlar va o’sish gormonining kamayganligini ko’rsatadi.GIpofizar gormonlarning rezervini aniqlashtirish uchun rilizing gormonlar bilan test o’tkaziladi.(tireliberin,gonodatropin-rizling gormonlari bilan)

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin