Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə30/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Endokrinologiya

Qiyosiy tashxis.Simmonds-Shixan kasalligi bir qancha ozish bilan kechuvchi kasalliklar bilan qilyosiy tashxis o’tkazsiladi(yomon sifatli o’smalar,tuberkulyoz,enterokolit va b).Ko’rsatilgan kasalliklarda ozish sekin-asta ro’y beradi,anemiya dominant belgi hisoblanadi.Anemiyasning yaqolligi boshqa qon kasalliklari bilan qiyosiy tashxis o’tkazilishiga asos bo’ladi.Gipokalemik holat gipopituitarizmda organic giperinsulinizm bilan simulyatsiya qilsihinishi mumkin(insulinoma).Amaliyotda ko’pincha gipofizar kaxeksiyani yosh qizlarning ozishni kuchli hohlashlari oqibatida kelib chiqadigan- psixogen(nevrogen) anoreksiya bilan qiyosiy tashxis o’tkazilishiga to’g’ri keladi.Qiyosiy tashxisda anamnez,jismoniy,aqliy aktivlikning saqlanganligi,jinsiy organlarning atrofiyasi bilan birga ikkilamchi jinsiy belgilar saqlanganligi,gipertrixozga moyillik borligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.Trop gormonlar miqdorinormal,ba’zan esa ortgan yoki kamaygan ham bo’lsihi mumkin.Ularning normal ajralishi gormon stimulyatsiya qiluvchi testlar orqali aniqlanadi(funksional buzilsih yoki psixogen anoreksiya)
Davolash.Gipopituitarizmning davosi asosan gormonal yetishmovchilikning o’rnini bosishga qaratiladi,agar imkoni bo’lsa bu yetishmovchilikning sabablari yo’q qilinadi.Asosan periferik endokrin bezlar gormonlariva kam miqdorda adenofipofizning yetishmagan trop gormonlari qo’llaniladi.
O’rinbosar gormonal terapiya odatda buyrak usti bezi po’stlog’i,tireoid va jinsiy gormonlar pereparatlaridan boshlanadi.Glyukokortikoidlar:gidrokortizon,(50-200 mg/sutka),giperkortitsizm belgilari kamaygandan so’ng prednizalonga(5-15 mg/sutka) yoki kortizonga(25-75 mg/sutka) o’tkaziladi.Mineralkortikosteroid yetishmovchilik 0.5 % li dezoksikortikosteron atsetat(DOKSA)-0.5-1 ml m/i har kuni,kunora yoki 1-2 marta haftasiga,keyinchalik esa sublingval tabletkalarga o’tkaziladi:5 mg kuniga 1-2 mahal.
Kortikosteroidlarli o’rin bosar terapiya fonida(boshlangandan keyin 10-15 kundan keyin),qisaq yoki uzaytirilgan ta’sirli AKTG(kortikotropin) qo’shiladi.Kurslar kichik dozali-0.3-0.5 ml/7-10 ED dan to 20 ED/sutka cha bilan boshlanib,6-12 oydan so’ng 400-1000 ED gacah yetkaziladi.
Jinsiy gormonlarning yetishmovchiligi ayollarda esterogen va progestinlar bilan,erkaklarda esa androgenlar bilan kompensatsiya qilinadi. Estrogen(masalan:mikrofollin 0.05 kuniga) 15-20 kun yuboriladi va keyingi 6 kun esa gestagenlar(pregnin 10 mg dan 3 mahal kuniga,yoki1-2.5% li progesterone eritmasi 1.0 dan har kuni,turinal 1 tab. 3 mahal),jinsiy gormonlar bilan dastlabki davo olib borilgandan so’ng,XG lar buyuriladi,bu ham tsiklik tarzda- birinchi 2 haftada menopausal follikulyar gonodatropin 300-400 ED kuniga,keyingi 2 hafta esa lyutinlovchi(xorionik)gormon -1000-1500 ED yuboriladi,qisman yoki fnksional yetishmovchilikni stimulyatsiya qilsih uchun klostilbegit 50-100 mg dan tsiklning 5-9 yoki 5-11 kuni qo’llaniladi.
Erkaklarda o’rinbosar terapiya sifatida metiltestesteron 5 mg dan 3 mahal til ostiga,testesteron propionate 25 mg dan 3 mahal/hafta m/I yoki sustanon 1.0 m/I 3-4 hafatda 1 marta.
Tireoid yetishmovchilik tireoid gormonlar bilan kompensatsiya qilinadi,davo L-tiroksin 100-150 mkg dozada yoki tireokomb 1-1,5 tabletka/sutka(Yurak urishi chastotatasi va EKG kontroli ostida sekin-asta dozasi ko’paytirib borilgan holda) bilan boshlanadi.Gipopituitar komada katta dozada kortikosteroidlar parenteral yuboriladi,vena ichiga yoki teri ostiga 5% -500.0-1000.0 glyukoza/sutka quyiladi,tomir va yurakka ta’sir qiluvchi vositalar qo’llaniladi.
Pangipopituitarizm bilan og’rigan bemorlar uchun vitaminlar,anabolic gormonlar,yuqori kaloriyali oqsilli mahsulotlar zarurdir.Maqsadli gormonal terapiya-tsiklik yoki doimiy ravishda butun umr davom ettiriladi.Bemorlarning mexnatga layoqatligi pasayadi.



Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin