Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə38/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Endokrinologiya

Akromegaliya
Akromegaliya-STG gormoning ko’p ishlab chiqarilsihi hisobiga rivojlanadigan kasallik.Fiziologik o’sish to’xtagan kishilarda kuzatiladi.Skelet suyaklari,yumshoq to’qimalar va ichki organlarning patologik disproporsional o’sishi bilan xarakterlanadi,bundan tashqari turli ko’rinishdagi moddalar almashinuvi buzlishi kuzatiladi.
Akromegaliya gipofizning eozinofil yoki aralash,kam hollarda xromofob adenomasi oqibatida kelib chiqqani uchun bu kasallikning etiologiyasi o’sma kasalligi etiologiyasi muammosi bilan bog’liq.Akromegaliyada gipogizning giperplaziyasi emas,balki har doim gipofizning o’smasi kuzatiladi.
Akromegaliya patogenezi asosida gipofizning adenomasi tomonidan gormonlarning ko’p ishlab chiqarilishi yotadi.Epifizar tog’aylarda suyaklanish va fiziologik o’sish yakunlangan kishilarda STG ning ortiqcha miqdori suyaklarda periostal o’sishiga,ularning qalinlashishiga va noproporsional kattalashishiga olib keladi.Bir vaqtning o’zida tog’aylar va ichki organlarning patologik o’sishi ro’y beradi.
Kasallik odatda yetuk davrda (30-50 yoshda),ko’pincha ayollarda,juda kam hollarda bolalarda uchraydi.Kasallik belgilari juda sekin rivojlanadi.
Akromegaliya bilan og’rigan bemorlar shikoyatlari turlicha:umumiy holsizlik,lanjlik, turli xarakterdagi va intesivlikdagi bosh og’rig’i.Ba’zi hollarda bosh og’rig’i juda kuchli bo’ladi.
Ba’zi hollarda bemorlar yagona shikoyat bilan, ya’ni tashqi ko’rinishining o’zgarishiga shikoyat qiladilar.(burun,quloq,barmoq,oyoqning kattalashishi).
Kuzatuvda bemorning yuz bichimining dag’allashuvi,barmoq va oyoqlarning kattalashuvi,kifoskolioz,ovoz,soch,terining o’zgarishini ko’rish mumkin.Qosh usti ravog’i,yonoq va dahan suyaklarining kattalashadi.Yuzning yumshoq to’qimalari gipertrofiyaga uchraydi,teri qalinlashadi,teri yuzasi yog’li.Til kattalashadi va tishlar orasi kengayadi,prognatizm kuzatiladi.Kalla suyagining o’sishi,asosan yuz suyasklarining o’sishi ro’y beradi.Erkaklarda potensiya,libido,spermatogenezning pasayishi,urug’donning atrofiyasi,ayollarda-menstrual siklning to aminoreyagacha bo’lgan buzlishi bilan yuzaga chiqadi.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin