Vaziyatli masalalr kompleksi:
Masala №1.40 yoshli bemor doimiy mushaklarning holsizligiga,og’riqqa,oyoqlardagi sudoroga va uvishib qolishiga,tungi poliuriya va polidipsiyaga,doimiy turdagi qon bosimining oshishiga shikoyat qiladi.Vaqti-vaqti bilan yurak sohasida irradiasiya bermaydigan og’riq,hansirash,yurak urib ketishi,to’xtab-to’xtab urishi kuzatiladi.Bu holat ohirgi 1 yil davomida asta-sekin kuchayib bormoqda.Bemorning so’ziga qaraganda tuzlamalar is’temol qilganda ahvoli yomonlashib,mushaklardagi og’riq kuchaygan.Ko’ruvda:AQB-180/100 mm.sim.ust,yurak tonlari bo’g’iqlashgan,aorta ustida 2 ton aktsenti,EKG da gipokaliemik belgilar
1.Qaysi endokrin kasalliklar gipertoniya,poliuriya va miasteniya bilan kechadi?
2.Nimani birinchi navbatda tekshirib ko’rish lozim?
3.Tashxis algoritmini tuzing.
4.Gipokaliemiya uchun EKG o’zgarishlarinini tasvirlab bering.
5.Sizning dastlabi tashxisingiz?
Masala №2.Ayol 27 yosh.Holsizlikka,sovuq qotish,terining quruqligiga,aminoreyaga shikoyat qiladi.Uch yil oldin tug’ruq qon ketish va kollaps bilan asoratlangan.Keyinchalik laktatsiya to’xtagan,oylik hayz ko’rish tiklanmagan,holsizlik kuchaygan,sovuq qotish,qabziyat rivojlangan.Ahvoli qoniqarli,tana tuzilishi to’g’ri.Bo’yi 168 sm,vazni 66 kg.Terisi quruq,sovuq,odatdagi rangda.Puls 62 ta/min,ritmik.AQB-100/70 mm.sim.ust.Ichki organlarda normadan chetga chiqish kuzatilmadi.Labarator ko’rsatkichlari:HB-10.2 g%,leykositlar3.5 ming,limfositoz,qondagi xolesterin-4.8 mmol/l.TTG,AKTG,STG konsentrasiyasi qonda kamaygan.17OKS va 17KS siydik bilan eksresiyasi kamaygan.
1.Tashxis.
2.Qondagi tireoid gormonlarning kutiladigan miqdori,
3. Qondagi kortizolning kutiladigan miqdori,
4.klinik simptomlarning mexanizmi va patogenezini tushuntirib bering.
5.Davolash taktikasi.
Masala №3 Sizga qorachadan kelgan 27 yoshli erkak murojaat qildi.Anamnezidan 2 yildan beri uzoq cho’ziluvchi shamollashga moyillik,kunning ikkinchi yarmida kuchli holsizlik,ayniqsa jismoniy mexnatdan so’ng,to’shakdan turgan paytda boshning aylanib ketishiga shikoyat qiladi.Ishtaxasi pasaygan.10 KG ozgan.Terining qorayishi fonida oq dog’lar paydo bo’lgan.Vitiligo shubxasi bilan dermatology qabulida bo’lgan.Og’iz va til shilliq pardasida to’q dog’lar kuzatildi,kaft chiziqlari,shramlar,lablari,oreola va sut bezining so’rg’ichi pigmentatsiyaga uchragan.AQB pasaygan20-25 mm.sim.ust.Barmoqlar dinamometri bemorning yoshi va jinsiga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichni ko’satdi.
1.Dastlabki tashxis.
2.Pigmentasiya,mushaklarning tez chachab qolishi,ozish va gipotoniyaning rivojlanishi mexanizmini tushuntirib bering.
3.Glikemiya,lipid,mineral va gormonlarning kutiladiga miqdori(qonda)
4.Qaysigormonal tekshiruvlarni buyurish kerak?
5.To’q rangdagi teri fonida paydo bo’lgan depigmentativ dog’lar nima bilan bog’liq?
“Galereya bo’ylab tur” ineraktiv o’yinini o’tkazish uchun control savollar
1.AKTG,biologik ta’siri.
2.STG,biologic ta’siri.
3.v FSG,LG,prolaktin biologik ta’siri.
4. TTG:biologik ta’siri.
5.Simmond-Shixan sindromi:etipatogenez,klinika
6. Simmond-Shixan sindromi:diagnostika va davolash.
7.Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-etiopatogenez.
8. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-klinik,tashxisot.
9. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. yetishmovchiligi-qiyosiy tashxis va davolash.
10.Buyrak usti bezi o’tkir yetishmovchiligi-etiologiya,klinik namoyon bo’lishi,birinchi yordam.
11. Buyrak usti bezi po’stloq qismi sur. Yetishmovchiligining og’irlik darajalari mezonilari.
12.Addison kasalligida glyukokortikoidlar berish sxemasi.
13.Birlamchi va ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi qiyosiy tashxisoti.
14.Buyrak usti bezi po’stloq va mag’iz qismida qanday gormonlar ishlab chiqariladi?
15.Addisonik kriz:sabablari,birinchi yordam.
Dostları ilə paylaş: |