Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə41/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Endokrinologiya

Davolash.Tug’ma ikkilamchi gipogonadizmda davolash uzoq vaqt gonadotropin yoki xoriogonin 1500-2000 ED haftasiga ikki marta kurslar bilan,oylik tanafus bilan yuboriladi.Tuxumdonlarning birdaniga gipoplaziyasi ro’y berganda xorionik gonadotropindan tashqari,erkaklar jinsiy gormonlari ham yuboriladi(testenat 10% 2-3 marta oyiga yoki sustanon-250 1ml dan oyiga bir marta bir yil davomida).Keyinchalik faqat xorionik gonodotropin gormoni bilan davolash mumkin.


Masala №1
Oilaviy konsultatsiyaga A.ismli 16 yoshli qiz menstruasiyaning yo’qligi va tengdoshlaridan o’sishda orqada qolayotganligi shikoyatlar bilan murojaat qildi.
Anamnezidan:3 homila bo’lib o’z vaqtida sog’lom tug’ilgan.Homiladorlikva tug’ruq normal o’tgan,boshqa bolalar sog’lom.Ularning kuzatishicha qiz bola o’z tengdoshlaridan 14-15 yoshlarida osishdan ortda qolgan,ya’ni sut bezlarining rivojlanmaganligi,qov sohasida xarakterli tuk o’sishi, menstruatsiyaning yo’qligi aniqlangan.
Ob’ektiv ko’ruvda:umumiy holati qoniqarli,tana tuzilishi to’g’ri.Bo’yi 140 sm,vazni 50 kg,qov va qo’ltiq ostida tuklanish siyrak,tuklarning pastki o’sish chegarasinin chuqur joylashishi.Bo’yin qisqa,teri burmasi uchburchak ko’rinishda,boshdan yelka tomon yo’nalgan.Ko’krak qafasi keng,ko’krak bezlari bir-biridan ancah uzoqda joylashgan.Ko’krak bezi sohasidagi terida teri osti yog’ qavati yaxshi rivojlangan.
Yurak auskultatsiyasi:to’sh asosida sistolik shovqin.Jinsiy organlar:katta va kichik jinsiy lablarning oxirigacha rivojlanmaganligi kuzatiladi.
Gaplashganda qiz kam harakat,savollarga bir xil javob beradi,maqollarning manosini tushuntirib bera olmaydi.
1.Dastlabki tashxis
2.Tekshirish.
Masala № 2
Bola 17 yosh,jinsiy rivojlanishda ortda qolishi,sut bezlarining kattalashuviga va semirishga shikoyat qiladi.
Anamnezidan:Bolalik davrida o’sish va rivojlanishda o’ziga hosliklar bo’lmagan.14 yoshdan boshlab sut bezining kattalashuvi,tana vazning ortishi kuatilgan.
Ko’ruvda:bo’yi 185 sm,vazni 75 kg.Sut bezlarining noproporsional kattalashuvi,ayollarga hos tuk o’sishi,moyakning kattalashuvi.Sut bezlarini paypaslab ko’rilganda bezsim hosila aniqlandi,moyaklar palpasiya qilinganda kattalashganligi va qattiqlashganligi aniqlandi.Gaplashganda yuqori tembrli ovoz eshitiladi.
1.Dastlabki tashxis
2.Tekshirish.
Masala №3
16 yoshli bemor o’sishdan rtda qolishi va past bo’yga shikoyat qilib keldi.Anamnezida:normal tug’ilgan,tug’ilgandagi vazni 3500 g,bo’yi-50 sm.4.5 yoshigacha yoshga mos holda rivojlangan,shundan keyin esa rivojlanish sekinlashgan.
Ob’ektiv ko’ruvda:tana tuzilishi to’g’ri,proporsional,bo’yi 120 sm,teri rangpar,sariqimtir,quruq.Teri osti yog’ qavati kuchsiz rivojlangan,mushak sistemasi yetarli darajada rivojlanmagan,qov va qo’ltiq osti sohada tuklar kam.
Auskultativ:yurak tonlari aniq,puls 40 ta/min,AQB 90/60 mm.sim.ust Siydik-tanasil sistemasi:Jinsiy olat va testikulalar 7-8 yoshga mos holda rivojlangan.Bola maktabda yaxshi o’qiydi,intellect buzilmagan.
1.Dastlabki tashxis
2.Tekshirish.



Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin