Alkogol
Yondosh endokrinopatiyalarning rivojlanishi
Masalan,insulin yuborishdan oldingi glikemiya miqdorini hisobga olgan holda,XE ning yetarili miqdorda bo’lmasligi
Odatdagi insulin miqdori ni yoki QMTT ning dozasini saqlanishi.
.
Masalan,gibenklamidni tana vaznining tushiganiga qaramasdan odatdagi dozada qabul qilsih
Normada to’satdan ro’y beradigan gipoglikemiyaga adaptatsiya me’da osti bezi ning parasimpatik stimulyatsiyasi va simpatik qo’zg’alish oqibatida miya moddasi tomonida adrenalin ishlab chiqarilishi hisobiga bo’ladi.Bundan tashqari nevropatiyada me’da inervatsiyasi buziladi,gastroparez rivojlanib ovqatning turib qolishi kuzatiladi.
Klinik kartinasi.Gipoglikemiya klinikasi juda ham variabel hisoblanadi.Og’irligiga ko’ra yengil va og’ir gipoglikemiya farqlanadi.Yengil gipoglikemiyada kasallikning subyektiv belgilarning nechog’lik rivojlanganligi va davomiyligidan qat’i nazar uglevodlar qabul qilgandan keyin glyukozaning qondagi miqdor normallashishi kuzatiladi.Og’ir gipoglikemiya ong buzilishi bilan kechadi va glyukozani vena orqali yuborishni talab qiladi.Klassik 2 guruh simptomlar farqlanadi:adrenergik vegetativ nervning kompensator qo’zg’alishi hisobiga rivojlanadi va neyrogipoglikopenik MNS ning disfunksiyasi hisobiga rivojlanuvchi simptomlar.
Simptomlar:vahima,qo’zg’alish,yurak urib ketishi,terlash,qaltirash,ochlik hisisi,stenokardiya,bosh og’rig’I,tez charchash,diqqatni jamlay olmaslik,hatti-harakatning noadekvatligi,gallyutsinatsiyalar,sudoroga,ong buzilishi,ko’rishning o’tib ketuchi buzlishi.
Agar gipoglikemiya uyqu paytida rivojlansa,bunda dahshatli tushlar,terlash va uyg’onganda bosh og’rig’I kabi belgilar bilan kuzatilsihi mumkin.Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki,insulin qabul qiluvchi 30-40 % bemorlarda qondagi glyukoza miqdori 3.5 mmol/l dan kamayganda simptomsiz tungi gipoglikemiya kuzatiladi.Sudorogalar mahalliy yoki generalizatsiyalashgan bo;ishi,qariyalarda gemiplegiya va afaziya bilan kechishi mumkin.Uzoq takrorlanuvchi gipoglikemiyalar intelektning pasayishiga olib keladi.Gipoglikemiay uchun uning epizodikligi va bir necha daqiqa yoki soat davom etishi xarakterlidir.Qisqa muddatlilik glyukozaning miqdorini normaga qaytaruvchi kontrregulyator mexanizmlar bilan bog’liqdir
Agar gipoglikemiyaga hos simptomlar bir necha kun,hafta yoki oylar davom etsa –bu gipoglikemiya emas.
Davolash.Yengil kechuvchi gipoglikemiyani bemorning o’zi ham,tarkibida 1-2 XE 910-20 g)uglevod tutuvchi ovqat istemol qilsih orqali ham tuzatishi mumkin.
Agar uglevodlar qabul qilishiga qaramay simptomatika kuchayib borsa,tezda vena orqali glyukoza yoki mushak ichiga glyukagon yuboriladi.Shu uul bilan ong buzlsihi bilan kechuvchi gipoglikemik koma ham davolanadi.