Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия


Gospitalizatsiyagacha bo’lgan davrda UASh taktikasi



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə47/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Endokrinologiya

Gospitalizatsiyagacha bo’lgan davrda UASh taktikasi:
a)ketoatsidoz diagnostikasi(klinik belgisiga ko’ra,anamneziga,maxsus test-bo’lakchalari yordamida aniqlangan qondagi qand miqdoriga qarab,siydikda qand va atsetonni aniqlab),RN,KIM,mochevina,kreatinin,qon ivish sistemasi holati,kaliy,natriy ekspress-labaratoriyasi uchun venadan qon olish
b)dekompensatsiya va ketoatsidoz sabablarini aniqlash;
v)Ketoatsidozning boshlang’ich davri belgilari aniqlanishi bilanoq bemorga quyidagilar buyuriladi:
-ko’p suyuqlik ichish(mineral suv,meva va sabzavot sharbatlari,ko’k choy,ho’l va uruq mevalardan tayyorlangan kompot)
-uzoq ta’sir qiluvchi insulin nning sutkalik miqdori o’zgartirilmaydi.
-qisqa ta’sirga ega insulinni har 2-3 soatda glikemiya kontroli ostida yuborish(m-n:qondagi qand miqdori 6-9 mmol/l-1 ed;12-15 mmol/l-4ed;15 mmol/l yuqori-8 ed.)
-har 2-3 soatda qondagi qand miqdorini tekshirish(glyukometr yoki maxsus test-bo’lakchasi yordamida)
-parhez,hayvon yog’I istemol qilinmasligi zarur;
g)2,3 davrlari va koma belgilari aniqlansa-zudlik bilan jonlantirish bo’limiga gospitalizatsiya qilish zarur.
Hamma DKA bilan og’rigan bemorlarga insulinning tez ta’sir qiluvchi preparatlari buyuriladi.Boshlang’ich davrda 6-10 ED vena ichiga yuboriladi,so’ng 6 ED/soat vena ichiga tomchilab qondagi glyukozaning miqdori 13.6 gacha tushmaguniga qadar yubriladi.Bolalarga har soatiga 0.1 ED/kg yuboriladi.
Har 2 soatda qondagi glyukoza miqdori aniqlanib turiladi va shunga ko’ra insulin miqdori korreksiya qilinib turiladi.DKA bilan og’rigan bemorlarda umumiy suyuqlik defitsiti tahminan 6-8 l ni tashkil etadi.Bu defitsitni toldirish uchun izotonik (yoki yarimizotonik) tuzli suyuqliklardan(natriy xlorid,”Disol”,”Atsesol”) foydalaniladi.Dastlabki 1 soatda 1 soatda 1 l suyuqlik yuboriladi,keyiinchalik esa 300-500 ml/soat.Yuboriladigan suyuqlik miqdori degidaratatsiya darajasi va yurak qon-tomir tizimi holatiga bog’liq bo’ladi,(ayniqsa qari kishilarda) va 3-6 l ni tashkil etadi.
Qondagi glyukozaning miqdori 13.5 gacha tushgan dan so’ng tuzli eirtmani yuborishni to’xtatilib,uning o’rniga 5% li glyukoza eritmasi yuboriladi va shu bilan gipoglikemiya va miya shishining oldi olinadi.
Atsidoz pH 7.3-7.2 bo’lgan holatlarda qo’shimcha natriy gidrokarbonat yuborish shart emas,chunki bunda arterial qoninning pH I birdaniga ko’tarilib,orqa miya suyuqligining pH I tushuib ketishi va markaziy nerv sistemasining ishi buzilishi mumkin.Faqat pH 7.1 dan va PCO2 5mekv/l dan tushib ketgan hollarda natriy gidrokarbonat quyiladi.Dastlab …. В таких случаях к первому литру солевого гипотонического (0,45%)
Insulin infuziyasidan 3 soatdan so’ng gipokaliemiyani oldini olishi uchun kaliy-xloridi(agar bemorda anuriya kuzatilmasa) 40 mekv/l,davolash davrining 12-18 soat davomida esa 120-160 mekv kaliy yuboriladi.
Ba’zi bemorlarda (5% DAN KAM ) kasallikni boshidan gipolaliemiya kuzatiladi va shuning uchun dastlabki quyiladigan suyuqlik tarkibiga kaliy(40-60 mekv/l KCl) qo’shiladi.EKG gipo- va giperkaliemiyani kuzatib turishga yordam beradi,lekin qondagi kaliy miqdorini o’lchash o’rnini olish kerak emas.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin