«Kuchsiz zveno» o’yini o’tkazish metodi Kerak bo’ladigan anjomlar:
1. Endokrinologiya bo’yicha savollar.
2. O’yin protokolini tuzish uchun guruxlar ro’yhati yozilgan varaqlar.
3.Секундомер.
O’yining borishi:
1. O’yinni pedagog va talabalardan tashkil topgan yordamchi-hisoblagich olib boradi.
2. Hisoblagich qog’ozga sana,gurux nomeri,fakultet,o’yin nomi va talabalar ro’yhatini yozib chiqadi..
3. O’qituchi tayyorlangan savollar naboridan savollarni bera boshlaydi.
4. Talabaga javob berish uchun 5 sek vaqt beriladi.,
5. o’qituvchi berilgan javoblarni to’gri yoki “noto’g’ri’ sozlari bilan baholaydi agar javob noto’g’ri bo’lsa o’zi to’g’ri javobni beradi..
6. Hisoblagich javobning to’g’ri yoki noto’g’riligiga qarab talabaning familiasi to’g’risiga “+” yoki ‘-“ qo’yadi.
7. Shu tarzda talabalar 2 tur savollarni o’tkazadi..
8. 2 tur savolidan so’ng o’yin to’htatib turiladi va 2 minus olgan talaba o’yindan chiqarilib yuboriladi.
9. O’yin qolgan talabalardan iborat bo’lgan yangi doirada davom ettiriladi.Yana bir tur savollar o’tkazilib birinchi turda minus olgan talabalardan kim minus olsa o’sha talab chiqarib yuboriladi.
10. Turdan turga qarab eng kuchli o’yin ishtirokchisi aniqlanadi.
11. O’qituvchi har bir familiya qarshisiga kim qaysi turda chiqib ketganli va “kuchsiz zveno” ga aylanganligini qayd qiladi. .
12. O’yin 100 ballik sistemda baholanadi.
1 chi 2 turda chiqib ketgan talabalar-“0” ball
3 turdan keyin - «25» ball,
4-turdan keyin - «50» ball,
5-turdan keyin - «75» ball,
Eng kuchli ishtirokchiga esa 100 ball beriladi.
13. Olingan ballar mashg’ulotning nazariy qiqsmi uhcun olingan baholar sifatida qabul qilinadi .
14. Jurnalning pastki bo’sh qismiga o’qituvchi o’yin otkazilganligi haqida yozadi va gurux yetakchisi unga qo’l qo’yadi.
15. O’yin protokoli saqlab qo’yiladi..
Savollat to’plami. 1. Me’daosti bezida qaysi gormonlar ishlab chiqariladi?
2 Bemor og’iz qurishi,chanqash, sutkasiga 15 litrgacha tez-tez siyishga shikoyat qiladi.Umumiy siydik analizida zichlik 1001 ga teng.Shifokor qandsiz diabet tashxisini qo’ydi.Kasallik shaklini aniqlashtirish uhcun qanday diagnostik metodni o’tkazish zarur?
3. Qandli diabetda insulin qabul qilish muddati qancha?
4. Bemor 32 yosh,og’iz qurishi,chanqoq,tez-tez siyish(15-20 martagacha sutkasiga).Bu shikoyatlar gipofizning transfenoidal adenoektomiyasidan so’ng paydo bo’lgan.
- Sizning dastlabki tashxisingiz?
5. Qanday tekshirish usullari qandsiz diabetni tasdiqlashga yordam beradi ?
6. Qandsiz diabetning qanday shakllarini bilasiz?