Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə40/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Endokrinologiya

Ikkilamchi gipogonadizm:
I-Tug’ma
1-Kallmen sindromi;
2.-LG ning izolyasiyalangan defitsiti;
3.-gipofizar nanizm;
4-kraniofaringioma;
5-sindrom Medloka
II-Ortirilgan
1-gipotalamo-gipofizar soxaning infeksion-yallig’lanishli shikastlanishi;
2-adipozogenital distrofiya;
3-gipotalamo-gipofizar soxa o’smalari;
4-gipotalamo-gipofizar sohaning travmatik yoki jarroxlik oqibatida shikastlanishi tufayli troplik faoliyatining tushib qolishi;
5-giperlaktinemik sindrom.

Birlamchi gipogonadizm gonadotrop gormonlarning gipersekretsiyasi bilan kechadi va shuning uchun gipergonadoropik gipogonadizm deyiladi.Ikkilamchi gipogonadizmda gonadotrop gormonlar sekresiyasi askincha kamayadi va gipogonadotropik gipogonadizm deyiladi.Gipogonadizmning bu shakllarini aniqlash shifokor uchun muximdir,chunki shunga ko’ra adekvat davo olib borish mumkin.Kam hollarda normogonodotropik gipogonadizm uchraydi va normal gonodotropin fonida T produksiyasi pasayishi bilan xarakterlanadi.


Gipogonadizmning pubertat shakli yetuk erkaklarda ikkilamchi jinsiy belgilarning bo’lmasligi bilan xarakterlanadi:yuzda va tanada tuklarning kamligi,boshdagi sochning ingichkalashishi,testikulalarning gipoplaziyasi va jinsiy faoliyatning buzilsihi(jinsiy moyillikning pasayishi;ereksiyaning susayishi;jinsiy aktning davomiyligining qisqarishi,ba’zida orgazmning yo’qolishi)

Gipogonadizm ginekomastiya bilan ham kechishi mumkin.Testikulalarning shikastlanishi his biluv organlarining faoliyati buzilsihi bilan qo’shilishi mumkin.


Tashxis.Erkaklik jinsiy bezlari gipofunksiyasi tashxisi anamnez,kalla suyadi va barmoqlar va bilakuzuk suyaklar bilan birga rentgenografiyasi,xromatinni va kariotipni aniqlash,eyakulyatni morfologik va kimyoviy tahlili asosida qo’yiladi.Zaruriyatga qarab testikulalardan biopsiya olinadi.Informativ usullardan plazmadagi gonodotropin9LG va FSG),testesteron(T) va ko’rsatmaga qarab,prolaktin(PRL) miqdorini aniqlash hisoblanadi.Siydikdagi 17-ketosteroid(17-KS) miqdorini aniqlash kam informative usullarga kiradi.Keng qo’llaniladigan usullardan biri kichik chanoq bo’shlig’i a’zolari uzltratovush tekshiruvidir.Bunda kriptorxizmda testikulalarning joylashuvi va ularning o’lchamlari aniqlanadi.

Ancha oddiy va dostupniy usul bu gipogonadizmni bilvosita tashxisi,ya’ni rentgenologik usuldan foydalangan holda suyak yoshini aniqlash.Jinsiy yetilish davrida androgenlarning bevosita metaepifizar zonadagi suyaklanish jarayonini yakunlaydi.Gipogonadizmda kuzatiladigan androgenlar defitsiti tog’aydagi suyaklasnish jarayonini tormozlab qo’yadi va osteoporoz rivojlanadi.Shuning uchun hamma bemorlarda suyak-bo’g’im sistemasida o’zgarish kuzatiladi.Suyak yoshi organizmning androgenlar bilan to’yinganligiga bog’liq,suyak yoshi esa organizmning jinsiy yetilganligi haqida ma’lumot beradi.Suyak yoshini aniqlashdabir necha rentgenologik usullar mavjud,skeletning yetuklik,differensatsya va sinostoz darajasi aniqlash.Eng informative suyaklar bo’lib kaft barmoqlari va bilakuzuk suyaklari hisoblanadi. Jinsiy yetilishning qachon boshlanganligini 13.5-14 yoshli suyak ancha aniqroq beradi, gonadalarning pubertat aktivasiyasida esa birinchi kaft suyagi epifizning metafiz bilan sinostozi kuzatiladi.To’liq jinsiy yetilganlik bilak naysimon suyaklarining epifizar liniya bilan yopilgan joyida ko’ndalang chiziqlarning yo’qolib ketishi bilan namoyon bo’ladi.Bu darhol prepubertat biologik yoshning pubertat yoshdan ajratishga yordam beradi,ya/ni birinchi kaft-barmoq(pyastno-falangovom) bo’g’imida sinostoz kuzatilmay sesamosimon suyak aniqlansa (suyak yoshi 13.5 yoshgacha to’g’ri keladi),hali infantillik saqlanganligini bildiradi.Birinchi kaft-barmoq bo’g’imida sinostoz kuzatilsa jinsiy gormon lar aktivligidan dalolat beradi.Bunda boshqa suyak rivojlanishiga ta’sir etuvchi endokrin bezlarni ham xisobga olish zarur.(buyrak usti bezi,qalqonsimob bez va b.)



Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin