Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə43/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Endokrinologiya

Talaba bilishi lozim:
-Ong buzilish sabalarini bilish,komalar va krizlar simptomlarini aniqlay bilish,ekspress diagnostikani bilish,laborotor va instrumental tekshiruvlar natijalarini to’g’ri taxlil qila bilishi,kriz va komalarda shoshlininch terapiyani buyura olish
Talaba qila olishi kerak:
1. Gipoglikemik komani tashxisotini.
2. Ketoatsidotik koma tashxisotini.
3. Tiretoksik kriz tashxisotini.
4. Addsion krizi tashxisotini
Talaba bajara olishi lozim:
1. Ekspress usul bilan siydikdagi atsetonni aniqlash
2. Ekspress usul bilan qondagi glyukozani aniqlash.
3. Ong buzilishi bilan kelgan bemorlarga shishilinch yordam ko’rsata bilish.


5. Fanlararo va fanlarorasidagi bog’liqliklar
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiya fanida as qotadi.
6.Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism.


Qandli diabetdagi koma
Qandli diabet(QD) surunkali kasallik hisoblanadi.Bu kasallikda uchraydigan plazmadagi glyukozaning birdaniga oshib ketishi yoki kamayib ketishi,keton tanachalari yoki sut kislotalarining miqdorining birdaniga kamayib yoki oshib ketishi hayotga havf tug’diradi.Qandli diabetning shunday asoratlari alohida axamiyat berishni talab etadi va shoshilinch to’ri tashxis va yordamsiz letal tugashiga olib keladi.


Gipoglikemik koma
Qandli diabetdagi eng asosiy asoratlari bu gipoglikemiya hisoblanadi.U organizmdagi endogen va ekzogen glyukoza miqdridan ko’p insulin yuborilganda rivojlanadi.Gipoglikemiya qisqa muddat ta’sir etuvchi preparatlarni yuborilganda-3 soatdan keyin,o’rta muddat ta’sir etadigan preparatlarni yuborganda 5-7 soatdan so’ng,uzoq muddat ta’sir etuvchi preparatlarni yuborganda –kechqurun yoki tongga yaqin ro’y beradi.Og’ir uzoq davom etadigan gipoglikemiya maninil,xlorpramid,diabenez kabi preparatlarni qo’llaganda rivojlanishi mumkin.Jismoniy kuchlanish gipoglikemiyaga 1 soat ichida olib kelishi mumkin.
Gipoglikemiya-Simpatik nerv sistemasi aktivatsiyasi va/yoki markaziy nerv sistemasi disfunksiyasi oqibatida vujudga keluvchi,glyukozaning plazmadagi mqdorini kamayishi bilan kuzatiladigan klinik sindrom hisoblanadi.Labarotoriyada kuzatiladigan gipoglikemik fenomen(glyukozaning plazmadagi miqdori 2.2-2.8 mmol/l kam bo’lishi) gipolikemiya tushunchasi bilan to’g’ri kelamdi chunki har doim ham laborotor ko’rsatkichlar va klinik simptomlar to’g’ri kelavermaydi.
Boshqa tomondan qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda uzoq yillar davomida giperglikemiya kuzatiladi shuning uchun ularda glyukozaning miqdori 6-8 mmol/l bo’lganda ham gipoglikemiya simptomatikasi rivojlanishi mumkin.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin