Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə46/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Endokrinologiya

Klinik simptomlari.DKA organizmning keton tanachalardan zaxarlanishi,suvsizlanish va asidoz oqibatida vujudga keladi.Bu koma turi bosqichma-bosqich,1-3 sutka davomida rivojlanadi.Giperketonemik komada 3 bosqich ajratiladi:prekoma,komaning boshlanishi,chuqur koma.Prekomatoz xolatning belgisi bo’lib qandli diabet simptomlarining kuchayishi xisoblanadi:chanqoq,poliuriya;ishtahaning yo’qolishi,lanjlik,uyquchanlik,ko’p martalab qusih bilan kuzatiladigan ko’ngil aynashi,qorinda lokalizatsiyasi aniq bo’lmagan og’riq va qorin pardaning ta’sirlanishi.Chiqarilayotgan nafas havosi va qusuq massalarida atseton hidi kelib turadi.Aql-hushi saqlangan.Giperglikemiya 16,6 mmol/l dan yuqori,giperketonemiya 10%,atsetonuriya,glyukozouriya.
Komaning boshlanishida organizmning degidratatsiyasi kuchayadi,teri va shilliq qavatlar quruqlashadi,ko’z olmasi va mushaklarida gipotoniya,yuz bichimi aniqlashadi,teri qoplamlarining giperemiyasi,oligouriya,taxikardiya,arterial gipotoniya kuchayadi.Uyquchanlik,spoor,chuqur va shovqinli Kussmaul nafasi kuzatiladi.Glikemiya 22.2 mmol/l yuqori,qonning quyuqlashishi,neytrofilli leykotsitoz,yuqori gemoglobin kuzatiladi.Siydikda proteinuriya,silindruriya.Keyin esa chuqur koma boshlanadi.Bemorlar kuchli atsidoz fonidagi gipovolemik shok oqibatida,hushini butunlay yo’qotgan holatda bo’lishadi.pH 7.3-7.1
Tashxisiy mezonlar:kuchli glyukozuriya,atsetonuriya,giperglikemiya,qonning pH 7.3 P С02 40 mm sim.ust yoki past.Labarator diagnostikasi:giperglikemiya,glyukozouriya,giperketonemiya,atsetonuriya,atsidoz,qonda kreatinin oshishi,neytrofil leykotsitoz.Qiyosiy tashxis o’tkazishda metobolik atsidoz va komaning boshqa turlarini hisobga olish zarur.
Alkogolli ketoatsidoz alkogolizm bilan og’rigan bemorlarda kam ovqatlanish va ko’p martalab qusish oqibatida rivojlanadi.Qonda sezilarli darajada giperketonemiya va atsidoz,siydikning atsetonga reaktsiyasi musbat.Qondagi glyukoza miqdori 11.1 mmol/l,30% hollarda yaqqol gipoglikemiya;glyukozouriya kuzatilmaydi.
DKA gipoglikemik komadan anchagina farq qiladi.DKA sekin asta rivojlanadi va atsidoz,degidratatsiya belgilari bilan kechadi.Gipoglikemik koma bundan farqli o’laroq juda tez kechadi va degidaratatsiya va atsidoz belgilar kuzatilmaydi.Shubhali holatlarda tashxisni aniqashtirish uchun 25 g glyukoza berish lozim.Agar gipoglikemik koma bo’lsa glyukoza yuborilgandan so’ng bemorning axvoli yaxshilanadi.
Giperosmolyar komada sezilarli degidratatsiya,gipovolemik shok,juda yuqori giperglikemiya,lekin atsidoz va ketonuriya kuzatilmaydi.
Laktoatsidozda keskin metobolik atsidoz kuzatiladi,ketoz kuzatilmaydi.
DKA bilan og’rigan bemorlar kechiktiririb bo’lmas terapiyaga muhtojdirlar.Davo chorasi bemor organizmdagi metobolizmni normallashtirish uchun lozim bo’lgan adekvat miqdordagi insulin yuborishga,suv va elektrolit almashinuvini,atsdoz korrektsiyasiga,DKA ni keltirib chiqargan sababni topishga qaratilgan bo’ladi.



Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin