Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə48/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Endokrinologiya

Giperosmolyar koma
Giperosmolyar koma qandli diabet ko’pincha insulinga bog’liq bo’lmagan qandli diabet bilan og’rigan o’rta va qari kishilarda uchraydi.Yuqori giperglikemiya 33.3-66.6 mmol,qonning giperosmolyarligi 350 mosm/l gacha(normada 315-320 mosm/l) va ketoatsidozsiz degidratatsiya bilan xarakterlanadi.
GOK ning sabablari uzoq muddat glyukortikoidlar va siydik haydovchi preparatlar bilan davolash,qusih,diareya bo’lishi mumkin.
Poliuriya va polidipsiya simptomlari bir necha kun davomida rivojlansihi mumin.(o’rtacha 7-10 kun davomida):ular kuchayib ongning buzilishiga sababchibo’lishi mumkin.Tormozlanish uyquchanlikdan to komagacha bo’lishi mumkin.GOK DKA dan farqli o’laroq nevrologik va meningial simptomlar,gemiparez,disfagiya,mahalliy va generalizatsiyalashgan sudoroga,gipertermiya,nistagm,ba’zida psixomotor qo’zg’alishlar bilan kechadi.Bu bemorlarda nafas chuqur lekin atseton hidisiz,teri pergament rangiga kiradi,taxikardiya,ba’zida ekstrasistoliya tipida aritmiyalar,arterial bosim tushib ketishi to kollapsgacha kuzatiladi.
Qon qovushqoqligi ortadi,leykotsitoz,gematokrit;qon pHi va ishqori rezervining o’zgarishi.Qonda qand miqdori juda yuqori 33.3 mmol/l,qoldiq azot miqdori ortgan.Qondagi elektrolitlarning o’zgarishi:gipokaliemiya,gipernatriemiya,giperxloremiya,giperkoagulyatsiya
Natriyning miqdori qonda yuqori,normada hatto pasaygan bo’lishi mumkin.Bu giperkaliemiya hisobiga orgaznizmdagi suyuqlik muhitining qayta taqsimlanishi oqibatida, hujayra tashqarisiga suv bilan ko’p miqdorda chiqib ketishi bilan tushuntiriladi.Har glyukozaning oshishi (5.5 mmol/l) uning miqdori zardobda 1.6 mekv/l ga kamayadi.Shuning uchun giperglikemiya kuzatilgan bemorlarda natriyning miqdori oshgan yoki normal bo’ladi.Giperosmolyar komada:yuqori giperglikemiya,normal ketonemiya,nafas havosida atseton hidi kelmaydi,siydikda atseton kuzatilmaydi.GOK da o’lim ko’rsatkichi 50% atrofida.
Labarator diagnostika.:giperglikemiya yuqori,giperosmolyarlik 310 mol/l,gipo-,normo-,gipernatriemiya,giperkoagulyatsiya,azotemiya,pH 7.3-7.4;atsetonuriya yo’q,glyukozuriya yuqori.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin